Главная » Статьи » Tibbiyot

Plevritlar

 

 

 

 

 

 

 

 

Plevrit — plevral varaqlar yallig‘lanishi bilan xarakterlanadi. Har ikki o‘pka tashqi tomonida visseral plevra, u bilan ko‘krak qafasining ichki yuzasini qoplab turgan paretal plevra, ko‘ks oralig‘ining bir qismi va diafragmaning yuqori sathi orasida esa berk bo‘shliq — plevra bo‘shlig‘i bo‘lib, patologik holatlarda bu yerda suyuqlik to‘planadi. Quruq va ekssudativ (ho‘l) plevritlar farqlanadi.

Ekssudat xarakteriga ko‘ra, fibrinoz, seroz-fibrinoz, yiringli, chirigan, eozinofilli, xolesterinli, xilyoz, soxta xilyoz plevritlar bo‘ladi.

Kasallik kechish bosqichi va xususiyatlariga ko‘ra, o‘tkir, o‘rtacha o‘tkir va surunkali bo‘lishi mumkin. Plevra bo‘shlig‘iga tarqalganligiga ko‘ra, plevritlar diffuz (total) yoki cheklangan (xaltachasimon) bo‘lishi mumkin.

Etiologiyasi. Plevritlar, asosan, yuqumli va yuqumsiz yoki aseptik, kamroq allergiya paydo bo‘ladigan boshqa kasalliklarning asorati sifatida vujudga keladi. Ko‘pgina hollarda ko‘p sonli bakterial- pnevmokokk, streptokokk, stafilokokk, virusli infeksiyalar, sil tayoqchasi, etiologik omil hisoblanadi.

Brutselloz, ich terlama zaxm, exinokokk, xavfli o‘smalar, limfogranulematoz, shikastlar, plevra ichiga qon quyilganda, o‘pka infarktida, biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida — revmatizm, qizil yugurik, qon yaratilishi sistemasi, buyraklar, jigar va boshqa kasalliklari bo‘lgan bemorlarda shakllanadi.

 

 

 

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 1271 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar