Главная » Статьи » Tibbiyot |
Qalin tomchi tayyorlash
Bezgak plazmodiylari bor-yo‘qligiga qonni tekshirib ko‘rish uchun qalin tomchi tayyorlanadi. Odatdagi usul bilan barmoqning yumshoq joyidan qon olinadi. Igna sanchilgan joydan chiqqan qon tomchisiga buyum oynasining yuzi tekkiziladi. Ayrim-ayrim holda tushirilgan 2—3 tomchi qon boshqa oynaning burchagi bilan surkatiladi. Quruq surtma ustiga 30—40 minutga Romanovskiy bo‘yog‘i qo‘yiladi (surtmani fiksatsiya qilmasdan turib), so‘ngra bo‘yalgan tomchi ohista suv bilan chayiladi va preparat tik holida quritiladi. | |
Просмотров: 3216 | |
Всего комментариев: 0 | |