Endokrinolog – ichki sekretsiya bezlari kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz bilan uzviy bog‘langan markaziy nerv sistemasining bir qismi hisoblangan gipotalamus, gipofiz, g‘urrasimon bez (epifez), qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari, me’da osti bezining orolcha (inkretor) qismi, buyrak usti bezlari kiradi.
Terapevt – ichki a’zolar kasalliklari bilan shug‘ullanuvchi shifokor. Aksariyat hollarda bemor o‘zini bezovta qilgan muammoning asl sababini bilmaganda birinchi bo‘lib terapevtga murojaat qiladi. Terapevt ko‘rigidan so‘ng, uning yo‘nalish berishi bo‘yicha gepatolog yoki endokrinolog kabi tor mutaxassislarga murojaat qilishi mumkin.
Oftalmolog – ko‘z kasalliklari bo‘yicha mutaxassis.
Nevropatolog (nevrolog) – asab kasalliklarini aniqlash, davolash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
Dietolog – kasalliklarni parhez yordamida davolovchi shifokor.
Gastroenterolog – me’da-ichak yo‘li a’zolarining, asosan, noinfektsion kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi shifokor.
Xirurg (jarroh) – kasalliklar va shikastlanishlarni tashxislash va ularni jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘yicha ta’lim olgan mutaxasis.
Revmatolog – biriktiruvchi to‘qima va bo‘g‘im kasalliklarini (masalan, revmatik artrit, tizimli qizil bo‘richa, Bextereva kasalligi, revmatizm) tashxislash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi shifokor.
Ortoped – harakat va tayanch a’zolari kasalliklari (mayibliklar)ga davo qilish va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi shifokor.
Kardiolog – yurak-qon tomir kasalliklarini davolovchi mutaxassis.
Dermatolog – teri kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi shifokor.
Androlog – erkaklar peshob tanosil a’zolarining kasalliklarini davolovchi shifokor.
Fizioterapevt – tabiiy omillar, masalan, quyosh, havo, elektr bilan davolovchi mutaxassis.
Psixiatr – ruhiy kasalliklarni tashxislash, davolash, oldini olish bilan shug‘ullanuvchi shifokor.
Onkolog – o‘sma (saraton) kasalliklarini tashxislash, davolash, oldini olish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
Immunolog – immunitet bilan bog‘liq patologik holatlarni tekshirib, davolovchi shifokor.
Ginekolog – ayollar kasalliklari bo‘yicha mutaxassis.
Allergolog – allergik kasalliklar va allergik reaktsiyalarning kelib chiqishi, rivojlanishi hamda ularni davolash, profilaktika qilish bo‘yicha mutaxassis.
Otolaringolog – quloq, burun, tomoq va bo‘g‘iz kasalliklari diagnostikasi, davolash va profilaktikasi bilan shug‘ullanuvchi shifokor.
Gepatolog – jigar kasalliklarini davolovchi shifokor.
Logoped – nutq kamchiliklari (duduqlanish)ni davolovchi mutaxassis.
Mammolog – sut bezi kasalliklarini davolash va tashxislash bilan shug‘ullanuvchi.
Urolog – siydik-tanosil a’zolari kasalliklari bo‘yicha mutaxassis.
Trixolog – soch bilan bog‘liq kasalliklar (soch to‘kilishi, kallik, erta oqarishi)ni o‘rganuvchi va davolovchi mutaxassis.
Pul?monolog – nafas olish tizimi (o‘pka, bronxlar, traxeya, hiqildoq) kasalliklarini tashxislash va davolash bilan shug‘ullanuvchi shifokor.
Gematolog – qon tarkibi, uning xususiyatlari, qon ishlab chiqarish a’zolari kasalliklarini davolovchi shifokor.
Pediatr – bolalar kasalliklari mutaxassisi.
Neonotolog – yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kasalliklari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
Travmotolog – odam tanasiga etuvchi tirli jarohat va shikastlanishlarni davolovchi mutaxassis.
Venerolog – tanosil a’zolari kasalliklarini davolovchi.
Anesteziolog – og‘riqsizlantiruvchi; narkoz (umumiy og‘riqsizlantiruvchi) va mahalliy og‘riqsizlantiruvchi mutaxassis. Og‘riq yo‘qotuvchi moddani qon tomiriga yuborib, sezgini vaqtincha yo‘qotuvchi.
Apiterapevt – asalari zahri va uning preparatlari bilan davolovchi mutaxassis.
Girudoterapevt – kasalliklarni davolashda tibbiyot zuluklaridan foydalanuvchi mutaxassis.
Iglorefleksoterapevt – tana yuzasining aniq aniq nuqtalari (faol zonalari)ga nina kiritib, organizm funktsiyalariga ta’sir etish orqali davolovchi shifokor.
Infektsionist – yuqumli kasalliklarni davolovchi mutaxassis; organizmga bakteriyalar, bir hujayrali organizmlar va gijjalar kirishi bilan kechuvchi kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi shifokor.
Kosmetolog – teridagi kamchiliklarni gigienik va davolovchi usullar bilan bartaraf qiluvchi mutaxassis.
Defektolog – turli kamchiligi bo‘lgan bolalar: kar, ko‘r, soqov, duduq, aqliy rivojlanishdan orqada qolgan, shuningdek, markaziy asab tizimi kasalliklari natijasida hulqida etishmovchiligi bo‘lgan bolalarning rivojlanishi va tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
Narkolog – alkogolizm, kashandalik, toksikomaniya (ayrim zaharli moddalarga moyil bo‘lib qolish) bilan og‘rigan bemorlarni davolovchi mutuxassis.
Naturoterapevt, fitoterapevt – dorivor o‘simliklardan foydalanib, kasalliklarni davolovchi mutaxassis.
Neyroxirurg – nerv tizimi kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolovchi mutaxassis.
Nefrolog – buyrak kasalliklarini davolovchi mutaxassis.
Proktolog – to‘g‘ri ichak kasalliklarini davolovchi mutaxassis. (Ko‘p hollarda bu soha kasalliklarini gastroenterolog va qorin jarrohlari ham davolaydi)
Reproduktolog – ayollar va erkaklardagi reproduktiv tizm kasalliklari va muammolari (bepushtlik, homila tushishi, sun’iy urug‘lantirish) bilan shug‘ullanuvchi shifokor.
Surdolog – karlik va uning oqibatlarini davolovchi mutaxassis.
Flebolog – vena tomirlari kasalliklari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
Endoskopist – kovak, ichi bo‘sh a’zolarning ichini yorituvchi tuzilmalar bilan ta’minlangan optik asboblar yordamida tekshirib, kasallikka tashxis qo‘yuvchi.
Gerantolog – odam organizmining qarish jarayonini o‘rganuvchi va qarilik bilan bog‘liq kasalliklarni davolovchi mutaxassis.
Laktolog – sut bezida sut hosil bo‘lishi bilan bog‘liq muammolar bilan shug‘ullanuvchi ayollar shifokori.
Manba: http://Kun.uz
|