Главная » Статьи » Tibbiyot

Qon ivuvchanligini aniqlash

 

Qon ivuvchanligi pasayib qolganda, ko‘p qon ketadi. Sho­shilinch yordam ko‘rsatishga chaqiriq bo‘lganida yoki navbatchilik vaqtida ko‘pincha ana shunday hodisaga duch kelib turiladi. Bunday hollarda navbatchi tibbiyot xodimi qon ivish vaqtini aniqlaydi.

Qon ivish vaqti deganda qon ivuvchi sistemaning faollik ko‘rsatganligi tushuniladi. Bu ko‘rsatkich qonning yot yuzaga tekkan vaqtidan boshlab, to qon laxtasi paydo bo‘lguncha oradan o‘tadigan vaqtga teng bo‘ladi. Steril igna sanchilganida chiqqan birinchi qon tomchisi artib olinganidan keyin, tutib turilgan iliq buyum oynasiga 8—10 tomchi qon tushirib yig‘iladi.

Bunda fibrin paydo bo‘la boshlaydigan qon ivish boshlanadigan paytdan to fibrin laxta bo‘lib, to‘la cho‘kib tushadigan qon batamom qoladigan paytgacha oradan o‘tadigan vaqt qayd qilinadi (har 30 sekundda shu qondan ingichka shisha tayoqcha yurgizib, uni ohista ko‘tarib ko‘riladi). Mana shu qonning ivish vaqti bo‘ladi, bu vaqt me’yorda 5—6 daqiqani tashkil etadi.

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 5900 | Рейтинг: 3.0/1
Всего комментариев: 0
avatar