Главная » Статьи » Tibbiyot

Qonni laboratoriya tekshiruvi. Qon tizimining fiziologiyasi

Qon, qon yaratish tizimi. Tomirlarda beto‘xtov harakatlanuvchi suyuq to‘qima: hujayra va to‘qimalarga yetib borib, ularning hayot faoliyatini hamda fiziologik funksiyalarini bajarilishini ta’minlaydi. Qon organizmda xilma-xil vazifalarni bajaradi: u hujayralarga kislorod yetkazib beradi va karbonat angidrid gazini olib ketadi (nafas funksiyasi); ovqat hazm qilish organlaridan oziq moddalarni butun organizmga tarqatadi (oziq moddalarni tashish funksiyasi); moddalar almashinuvi mahsulotini chiqarish organlariga (buy- rakka) olib boradi.

Qon organlarning gumoral aloqasini yuzaga chiqaradi, u gaz almashinuvi, nafas, suv-tuz almashinuvi, kislota-ishqor muvoza- natida ishtirok etadi. Qon organizmni zararli moddalar va yot jismlardan himoya qiladi. U gavda haroratini doim bir me’yorda saqlashda muhim ahamiyatga ega.

Erkaklarda o‘rtacha 5 1/2, ayollarda 4 1/2 l.ga qon bo‘ladi. Qon

suyuq qism — (55 %) va shaklli elementlar (45 %) dan iborat. Qonning shaklli elementlari qon yaratish organlarida ishlanadi. Qon va qon yaratish organlari — qon yaratish sistemasini tashkil etadi. Qon maxsus mexanizmlar orqali regulatsiya qilinadi, shuning uchun sog‘lom odamda qonning tarkibi o‘zgarmaydi. Organizmdagi har qanday o‘zgarishlarga nisbatan qon javob reaksiyasi qaytaradi, ya’ni o‘z tarkibini o‘zgartiradi. Ayrim kasalliklarni, xususan, qon sistemasi kasalliklarini aniqlashda qon tarkibining o‘zgarishi muhim ahamiyatga ega.

Qon plazmasi vitaminlar, fermentlar, tuzlar va moddalar alma- shinuvining oxirgi mahsulotlaridan iborat. Plazmada erigan oqsillar, jigar hujayralari va retikuloendotelial sistema hosil bo‘ladi. Plazma oqsillari transport vazifasini bajaradi, kislota-ishqor muvozanatini regulatsiyalashda ishtirok etadi.

Qonning shaklli elementlari, asosan, eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlardan iborat.

Qon tarkibidagi uglevodlarga glukoza va uning almashinuv mahsulotlari kiradi. Qonda 80—100 mg % gacha glukoza, shuningdek, glikogen, fruktoza va oz miqdorda glukozamin bo‘ladi. Uglevodlar va oqsillarning almashinuv mahsulotlari (glukoza va boshqa monosaxaridlar, kislotalar, tuzlar va suv) ichak kapillar- laridan oqayotgan qonga so‘riladi. Glukozaning bir qismi organ va to‘qimalarda tarqaladi. Boshqa qismi esa jigarda glikogenga aylanadi.

Qonda lipidlar aralashmasi neytral yog‘lar, erkin yog‘ kislotalari va ularning parchalanish mahsulotlaridan erkin va bog‘langan xolesterindan, shuningdek, steroid gormonlaridan iborat. Neytral yog‘lar, glitserin, yog‘ kislotalari ichak shilliq qavatidan qonga so‘riladi. Qon yog‘ emulsiyasini yog‘ to‘qimalariga yetkazadi va u yerda zaxira holda saqlanadi. Qon tarkibida mineral moddalar (asosan, natriy va xlor) ham bor.

Qon yaratish organlari. Bu organlarda qonning shaklli elementlari shakllanadi. Qizil ko‘mik, taloq va limfa tugunlari qon yaratish organlari hisoblanadi. Qizil ko‘mik asosiy qon yaratuvchi organ.

Qonning shaklli elementlari

Qizil ko‘mikning hamma to‘qimasi qonning yetishgan hujayra elementlari bilan to‘la bo‘ladi. Qizil ko‘mikdan farq qilib, sariq ko‘mikda yog‘ ham bo‘ladi. Ko‘mikda eritrotsitlar, leykotsitlarning turli shakllari va trombotsitlar shakllanadi.

Limfa tugunlari qon yaratilishi va organizmning himoya reak- siyalarida qatnashadi, ularda, asosan, 1imfot.sit.1ar rivojlanadi. Qon yaratish organlarining asosiy vazifasi qon hujayralarining yemiri- lishiga qaramay, ularni doimiy nisbatda saqlab turishdan iborat.

Gemopoez. Qon hosil bo‘lishi gemopoez — qon shaklli elementlarining hosil bo‘lish, rivojlanish va etilish jarayoni. Odam embrionida sariqlik xaltachasidagi hujayra hosil bo‘ladi: homila oyligida qon jigarda, 4 oyligida esa ko‘mikda hosil bo‘la boshlaydi. 4 oydan boshlab limfa tugunlarida limfotsitlar shakllanadi. Uch oylik homilada qizil qon tanachalari — megaloblastlar (yadroli yirik hujayralar) yetilib, yirik eritrotsitlar (megalotsitlar)ga aylanadi, ular asta-sekin normoblastlar bilan almashinadi. Yangi tug‘ilgan bola va katta yoshdagi sog‘lom organizmda bo‘ladigan eritrotsitlar ana shu normoblastlardan vujudga keladi.

Ko‘mikdagi boshlang‘ich qon hujayralarining yetilib, qonning yetuk shaklli elementlariga aylanishi qon hosil qiluvchi organlarda sodir bo‘ladi. Qon o‘zaniga (tomirdagi qon oqimiga) qonning barcha funksiyasini bajara oladigan yetuk hujayralar tushadi. Sog‘lom organizmdagi qon tarkibi va qon yaratish organlari o‘zaro dinamik muvozanatda bo‘ladigan yaxlit bitta sistemani tashkil qiladi. Yemirilgan qon hujayralari qon hosil qilish organlarida uzluksiz yangilanib turadi. Qon yaratilishidagi bunday muvozanat markaziy va vegetativ nerv sistemasi, gormonlar, vitaminlar, shuningdek, maxsus moddalar — gemopoetinlar tomonidan boshqariladi. Qon yo‘qotganda, qonda kislorod yetishmaganda, yallig‘lanish jarayon- larida, infeksion kasalliklarda qon hosil bo‘lishi kuchayadi, bu organizmning himoya reaksiyasidir. Bunday holat qonning reaktiv o‘zgarishi deb ataladi. Qon hosil bo‘lishining tezlashuvi organizm­ning himoya reaksiyasi bo‘lganligi sababli kishi sog‘ayganda qon yaratilishi ham normallashadi. Ayrim kasalliklarda (organizmda temir moddasi, B12vitamini yetishmaganda, taloq kasallanganda, me’da olib tashlanganda, zaharli moddalardan zaharlanganda) qon hosil bo‘lishi susayadi, kamqonlik ro‘y beradi. Bundan tashqari, ko‘mikda turli patologik jarayonlar paydo bo‘lishi mumkin, bunda, asosan, qonda yosh (yetilmagan) shaklli elementlar ko‘payadi.

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 3124 | Рейтинг: 3.0/2
Всего комментариев: 0
avatar