Главная » Статьи » Tibbiyot

Quruq plevrit

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Klinikasi. Quruq plevritning asosiy alomati nafas vaqtida yonboshida og‘riq va quruq yo‘tal paydo bo‘lishidir. Bemor har nafas olganida og‘riq seziladi, shuning uchun ular qisqa, yuzaki nafas olishga o‘tadi va bu hol nafas qisishidagidek tasavvur tug‘diradi. Tana harorati yuqori yoki me’yorda bo‘lishi mumkin. Harorat egri chizig‘i xarakteri ma’lum darajada infeksiya tabiati bilan belgilanadi.

Bemor ko‘zdan kechirilganda, ko‘krak qafasi shikastlangan, yarmining harakati biroz chegaralanganini ko‘rish mumkin. Yallig‘langan plevra ustini urib ko‘rish ko‘pincha og‘riq keltirib chiqaradi.

Auskultatsiyada plevraning yallig‘langan qismi ustida krepita- tsiyani eslatuvchi plevra ishqalanish shovqini eshitiladi, bular orasidagi farq shundaki, krepitatsiya faqat nafas olish cho‘qqisida, plevraning ishqalanish shovqini esa nafas olish va chiqarish fazalarida eshitiladi.

Quruq plevritda rentgenologik tekshirish diafragma yonida pastki yon qismlarida hammadan ko‘ra ko‘proq seziladigan juda yengil gomogen soya borligini ko‘rsatib beradi. Kasal tomonda diafragma harakatlarining ba’zida orqada qolishi ko‘riladi.

Quruq plevrit, odatda, 1—2 hafta davomida odamning sog‘ayib ketishi bilan tugallanadi, og‘riq bosilib, harorat normal bo‘lib qoladi. Lekin bu kasallik uzoq davom etib, bitishmalar paydo bo‘lishi va plevraning bir-biriga yopishib qolishiga ham olib kelishi mumkin.

 

 

 

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 2611 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar