Главная » Статьи » Tibbiyot

Retikulotsitlarni bo‘yash va sanash

Retikulotsitlar — sitoplazmasida ko‘k rangli nozik turi va donalari bo‘ladigan yosh eritrotsitlardir. Bu hujayralar qizil qon yaratilishi aktivligini xarakterlab beradi.

Retikulotsitlar sonini aniqlash uchun supravital (tirikligicha) bo‘yash usulidan foydalaniladi. Buyum oynalariga mutlaq spirtdagi brilliantkrezilblau bo‘yoq surtmalari qilinadi, so‘ngra bo‘yoq bilan qoplangan oynaga odatdagicha qon surtmasi surilib, u 3—5 minut nam kameraga qo‘yiladi, shundan keyin quritilib, immersion obyektivli mikroskop bilan tekshiriladi. Me’yorda 1000 eritrotsit orasida 8—10 retikulotsit uchraydi, ularning sonini eritrotsitlarga nisbatan foizlar (0,8—1 %) yoki promille (8—10 %) hisobida ifodalash mumkin.

Retikulotsitlar-ko‘mikda eritrotsitlar zo‘r berib ishlanib chiqa- yotganini xarakterlab beradigan hujayralardir. Giperxrom anemiyada («xavfli anemiyada»), gemolitik anemiyada va boshqa kasalliklarda ular periferik qonda ko‘p miqdorda paydo bo‘ladi. Periferik qonda retikulotsitlar miqdorining kamayib ketishi yoki ularning butunlay bo‘lmasligi giperxrom anemiya qo‘zigan paytda ko‘riladi.

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 1543 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar