Главная » Статьи » Tibbiyot |
Oqsil miqdori Roberte-Stolnikov usuli bilan aniqlanadi. Bu usul Geller sinamasiga, ya’ni tarkibidagi oqsil bo‘lgan tekshi- riluvchi suyuqlik bilan nitrat kislota chegarasida oqsil halqasi paydo bo‘lishiga asoslangan, 3-minutning oxiriga kelib paydo bo‘lgan yupqa, ammo ro‘y-rost ko‘rinib turadigan halqa tekshirilayotgan siydikda 0,033 g/l oqsil borligini ko‘rsatadi. 1—2 ml nitrat kislota ustiga filtrlangan siydik qatlam qilib ohista tushiriladi. Siydik qatlam qilib tushirilgandan keyin 2 minutdan ertaroq oqsil halqasi paydo bo‘lsa, siydikni suv bilan suyultirish kerak. Suyul- tirilgan siydik qatlam qilib tushirilganida 2-minut bilan 3-minut Hozirgi vaqtda oqsil konsentratsiyasini fotoelektrokolorimetriya yordami bilan aniqlash keng rusum bo‘lmoqda. Buning uchun sulfosalitsilat kislota bilan qilinadigan sinamadan foydalaniladi (1,25 ml filtrlangan siydikka 3 % sufosalitsilat kislotadan 5 ml.gacha qo‘shiladi) va loyqalanish darajasi fotoelektrokolorimetrda o‘lcha- nadi. Konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan oqsil uchun oldidan tuzilgan egri chiziqqa qarab hisob qilib chiqiladi. Oqsilni aniqlash. Normal siydikda oqsil amalda bo‘lmaydi. Siydikda oqsil bo‘lishi proteinuriya deb ataladi (yoki albuminuriya). Proteinuriyalar buyrakka aloqador bo‘lmasdan, siydik chiqarish yo‘llarining shikastlanganligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Buyrakka aloqador proteinuriyalar ularni keltirib chiqargan sabablarga qarab, funksional (alimentar, sovuqqa, hayajonlanishga, jismoniy zo‘riqishga, dimlanishga aloqador) proteinuriya bilan organik proteinuriyalarga (nefritlar, nefrosklerozlar) bo‘linadi. Buyrakka aloqador bo‘lmagan proteinuriyalar siydik chiqarish yo‘llari, jinsiy organlar, prostata bezining yallig‘lanishi jarayonlarida ko‘riladi. Siydikdagi oqsilni aniqlash uchun qilinadigan sinamani qo‘yishdan avval, siydikni juda tiniq bo‘lguncha filtrdan o‘tkazish zarur. Azot kislotali sinama-probirkaga 2—3 tomchi konsentrlangan azot kislotasi quyiladi, so‘ng tekshirilayotgan siydik pipetkaga olinib, probirka devori bo‘ylab azot kislotasiga sekin tomiziladi. 0.3 miqdorda oqsil bo‘lgan taqdirda 2—3 minutdan so‘ng azot kislotasi bo‘ladi. Agar tekshirilayotgan siydikda oqsil ko‘p miqdorda bo‘lsa, qalin oq halqa siydik kislotaga tegishi bilan paydo bo‘ladi. | |
Просмотров: 8524 | |
Всего комментариев: 0 | |