Главная » Статьи » Tibbiyot |
Siydikni Ambyurje usuli bo‘yicha tekshirish
Bunday usulda tekshirish uchun 3 soat ichida chiqadigan siydik yig‘iladi. Bemorni soat 6 da turg‘izib siydiriladi, soat 9 da siydik tekshirish uchun laboratoriyaga yuboriladi. Bunda 1 daqiqa ichida ajralgan eritrotsit va leykotsitlar soni aniqlanadi. Nechiporenko usuli bo‘yicha 5—10 ml siydik laboratoriyaga jo‘natiladi. Bu yerda 1 ml sentrifugalangan siydikdagi leykotsit va buyrak epiteliysining hujayralar miqdori aniqlanadi. Addis-Kakovskiy sinamasi 12 soat davomida, masalan, soat 21 dan soat 9 gacha o‘tkaziladi, ya’ni shu vaqt mobaynida yig‘ilgan siydikning hammasi laboratoriyaga yuboriladi. | |
Просмотров: 4743 | |
Всего комментариев: 0 | |