Главная » Статьи » Tibbiyot |
Siydikda qand paydo bo‘lishi glikozuriya deb ataladi. Glikozuriya fiziologik bo‘lishi mumkin. Bu shunga bog‘liqki, agar buyrakning kanalcha apparati shikastlanmagan bo‘lsa, glikozuriya faqat giperglikemiyada (qonda glukoza konsentratsiyasi oshib ketganida) ko‘riladi. Demak, ko‘p miqdor qand iste’mol qilinganidan keyin, shuningdek, qattiq hayajonlanishdan so‘ng glikozuriya kuzatilishi mumkin. Patologik glikozuriya uglevodlar almashinuvi buzilishi tufayli ro‘y bergan qandli diabetda, shuningdek, ba’zi jigar, gipofiz kasalliklari, tireotoksikozda ko‘riladi. Siydikdagi qand miqdorini aniqlashning eng ko‘p tarqalgan usuli polyarimetrik usuldir. U glukoza eritmasining qutblangan nur tekisligini o‘ng tomonga sura olish xossasiga asoslangan. Qutblangan nur deb maxsus Nikol prizmasi orqali o‘tkazilgan nurga aytiladi. Qutblangan nurning burilish burchagi siydik-glukoza konsentratsiyasiga proporsionaldir. Polyarimetrik usul. Qaynatib, keyin filtrlash yo‘li bilan oqsildan xoli qilingan kislota reaksiyali tiniq siydik polyarimetr nayiga to‘ldiriladi (havo pufakchalarisiz), keyin bu nay apparatga qo‘yiladi. Qorong‘ilanish quyuqligining o‘zgarishiga qarab, qutblangan nurning burilish burchagi aniqlanadi, bu burchak asbob shkala- sidagi darajalar bilan ifodalanadi. 1° burilish burchagi 1 % li glukoza eritmasiga to‘g‘ri keladi. Gaynes sinamasi. Mis sulfat, o‘yuvchi kaliy va glitserindan iborat 3—4 ml reaktivga 8—12 tomchi siydik qo‘shiladi (modifikatsiyasi: 1 tomchi siydik 9 tomchi reaktiv) va qaynatiladi. Qand bo‘lsa, suyuqlik sariq yoki qizil rangga kirib, cho‘kma ko‘rinadi. Nilander sinamasi. Siydikka 2:1 nisbatda Nilander reaktivi (2 g vismut nitrat 4 g segnet tuzi bilan birga hovonchada yanchiladi, 100 ml 10 % li o‘yuvchi natriy eritmasida eritilib, filtrlanadi) qo‘shiladi va 3 minut qaynatiladi. Qand bo‘lsa, siydik jigarrangdan qoragacha bo‘lgan tusga kiradi. So‘nggi vaqtlarda glikotest deb ataladigan indikator qog‘oz- chalari usuli keng rusum bo‘lib qoldi, bu usul fermentativ reak- siyaga asoslangan. Maxsus reaktiv singdirilgan indikator qog‘oz tekshiriladigan siydikka tushiriladi. Qog‘ozdagi sariq yo‘l rangi o‘zgarib, yashil yoki ko‘k rangga aylanib qolsa, demak, sinama musbat chiqqan bo‘ladi. Rang quyuqligini rangdor standart shkala bilan solishtirib ko‘rib, siydikdagi glukoza konsentratsiyasini taxminan aniqlasa bo‘ladi. Ertalabki siydik tekshirilganida qand miqdorini aniqlash uchun reaksiya qo‘yiladi: reaksiya musbat natija bo‘lsa, sutkalik siydik yig‘iladi va undan qand konsentratsiyasi aniqlanadi. Lange sinamasi 5—6 ml siydikka bir necha tomchi reaktiv (natriy nitroprussidning 30 % li sirka kislotadagi 6 % li eritmasi) qo‘shiladi va ustidan ammiak qatlam qilib tushiriladi. Sinama musbat natija bersa, suyuqliklar o‘rtasidagi chegarada binafsharangli halqa paydo bo‘ladi. Keton tanalari yog‘ almashinuvi buzilganda siydikda paydo bo‘ladi. Keton tanalari (aseton, asetosirka kislota, j0-oksimoy kislota) yog‘lar parchalanishining oksidlanmay qolgan mahsulotidir. Ular qandli diabetda (uglevodlar almashinuvining buzilishi), jigarda va ba’zi buyrak kasalliklarida paydo bo‘ladi va h.k. Sog‘lom odamning sutkalik siydigida bo‘ladigan glukoza miqdori shu qadar kamki, odatdagi usullar bilan aniqlanmaydi. Siydikda glukoza borligini aniqlashga mo‘ljallangan sifat sinamalarining ko‘pchiligi glukozaning qaytaruvchanlik xususiyatiga asoslangan. Siydikda aseton borligi Lange sinamasi yordamida aniqlanadi. Dastlab nitroprussid natriyning to‘yingan eritmasi tayyorlanadi. Buning uchun probirkaga distillangan 1—2 ml suv quyilib, ustiga nitroprussid natriyning bir necha kristali tashlanadi. Shundan so‘ng probirka yaxshilab chayqatiladi. Agar kristallar to‘la erib ketsa, yana bir necha kristall tashlanib, tag‘in chayqatiladi. Solingan kristallar erimay qolguncha bu ish takrorlanadi. Kristallarning erimay qolishi nitroprussid natriy eritmasining to‘yinganligini ko‘rsatadi. So‘ng boshqa probirkaga 15 ml yangi (yaxshilab filtrlangan) siydik quyilib, unga 1 ml muz sirka kislotasi va nitroprussid natriyning to‘yingan eritmasidan 5 tomchi quyiladi, so‘ng probirkadagi suyuqliklar aralashtiriladi, keyin ammiak probirka devori bo‘ylab ularning ustiga qo‘yiladi. Agar siydikda aseton ko‘p miqdorda bo‘lsa, suyuqlik bilan ammiak chegarasida binafsha- rangli halqa hosil bo‘ladi. Halqa qanchalik tez hosil bo‘lib, u qancha qalin bo‘lsa, asetonning siydikdagi miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. Bilirubin va urobilinni aniqlash. Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarida qonda bilirubin ko‘p miqdorda to‘planadi va u buyrak orqali siydik bilan ajralib chiqa boshlaydi. Siydikda bilirubin borligini ko‘pincha Rozin sinamasi bilan aniqlanadi. Probirkaga 8—10 ml siydik quyilib, unga yodning 1 % li eritmasi yoki Lyugol eritmasi probirka devori bo‘ylab tomchilab qo‘yiladi. Agar siydikda bilirubin bo‘lsa, suyuqliklar chegarasida turg‘un yashil halqa hosil bo‘ladi. Ba’zi kasalliklarda siydikda urobilin uchraydi. Uni Shlezinger reaksiyasi yordamida aniqlash mumkin. Bu reaksiya quyidagidan iborat: siydikdagi urobilinogenni urobilinga aylantirish uchun 10 ml siydikka yodning detsinormal eritmasidan 1 tomchisi quyiladi, so‘ng barobar miqdorda 10 % li rux asetatning spirtdagi eritmasi qo‘shilib, aralashma filtrlanadi. Agar siydikda urobilin me’yor- dagidan ko‘proq bo‘lsa, filtrat qora fonda ko‘rilganda yashil fluores- sensiya seziladi. Siydik cho‘kmalari. Qisqa vaqt ichida siydikli idish tubida tekshiriladigan cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin. Biroq, ko‘pincha cho‘kmani tez olish uchun siydik konussimon probirkada sentri- fugalanadi. Sentrfugalangandan so‘ng cho‘kma ustidagi siydik qavati asta-sekin to‘kib tashlanadi, so‘ng pipetka bilan cho‘kmadan bir tomchi olinib, buyum oynasiga qo‘yiladi va qoplama oyna bilan berkitiladi. Cho‘kma mikroskop ostida sal kattalashtirilgan holda ko‘riladi. Mikroskop ostida ko‘rinuvchi cho‘kma tashkil topgan va tashkil topmagan elementlardan iborat bo‘ladi. Siydik cho‘k- masining tashkil topmagan elementlariga turli kristallik va amorf tuzlar kiradi, bularning ba’zilari nordon reaksiyali siydikda, bosh- qalari esa ishqor reaksiyali siydikda uchraydi. Nordon siydik cho‘kmasida uratlar — siydik kislotasi tuzlari uchraydi, ular oddiy ko‘zga pushti rang cho‘kma shaklida ko‘rinadi. Uratlar cho‘kmasi siydik uzoq turib qolganda, ayniqsa, sovuqda turganda hosil bo‘ladi. Siydik asta-sekin qizdirilganda uratlar erib ketadi. Mikroskop ostida uratlar mayda pigmentlangan donachalar sifatida ko‘rinadi. Siydik kislotasi cho‘kmada uratlar bilan yoki ularsiz uchraydi. Siydik kislotasi kristallari mikroskop ostida sariq-qo‘ng‘irrangli romb shakliga ega bo‘ladi. Ba’zan ular qayroq tosh, qumsoat, bochkaga, bog‘ va boshqa shakllarga ega bo‘ladi. Bularning barchasi, rombsimon kristallar kabi sariq-qo‘ng‘irrangli bo‘ladi. Kalsiy fosfat kristallari kichik jadval yoki pona shakliga egadir. Ular ko‘pincha o‘tkir uchlari bilan o‘rtaga rozetkasimon to‘planadi. Ular ko‘pincha yakka holda ham uchraydi. Ishqorli siydik cho‘kmasida to‘da-to‘da, rangsiz donachalar shaklidagi amorf fosfatlar ko‘rinadi. Tripelfosfatlar uch, to‘rt yoki oltiburchakli prizma shakliga ega bo‘lib, cho‘zinchoq yashik qop- qog‘ini eslatadi. Ammoniy urat siydik kislotasining ishqorli sharoitda cho‘kuvchi birdan bir tuzidir. Uning sariq-qo‘ng‘irrangli shar shakliga ega kristallarida tikanakka o‘xshash o‘simtalari bor. Tashqi ko‘rinish bo‘yicha kuchala mevasini eslatadi. Kalsiy korbonat juda kam uchrab, 4—6 ta va undan ko‘proq to‘p yoki ikkitadan joylashgan gimnastika toshi shaklida ko‘rinadi. Siydikda faqat patologik hollarda uchrovchi tashkil bo‘lmagan cho‘kmalardan sistin, leysin, tirozin, xolesterinlarni ko‘rsatish mumkin. Sistin kristallari mikroskop ostida to‘g‘ri oltiburchakli rangsiz jadvallarni eslatib, bir-biriga keng yuzlari bilan tutashgan bo‘ladi. Ba’zan alohida kristallar holida ham joylashadi. Leysin va tirozin kristallari, odatda, birgalikda uchraydi. Leysin kristallari yaltiroq ko‘ndalang konsentrik nurlar tarqatuvchi sharlar ko‘rinishiga ega bo‘ladi, tirozin kristallari — uzun yaltiroq igna shaklida bo‘lib, tutam yulduz shaklida to‘planadi. Xolesterin siydikda kamdan kam uchraydi. Uning kristallari ingichka rangsiz, chetlari qirqilgan rombsimon jadval shaklga egadir. Siydikda yog‘ mayda yorug‘likni kuchli sindirish xususiyatiga ega bo‘lgan shar shaklida ko‘rinadi. Epitelial hujayralar, yakka leykotsitlar, eritrotsitlar, siydik silindrlari, o‘sma hujayralar uretral iplar, hayvon parazitlari, patogen bakteriyalar, buyrak jomi, siydik yo‘llari, qovuqda yallig‘lanish jarayoni borligini ko‘rsatadi. Buyraklarning funksional sinamasi. Buyraklarni funksional tekshirishda bir qator sinamalar, masalan, suyultirish sinamasi yoki suv sinamasi tavsiya etilgan. Bunda bemor qovug‘ini bo‘shat- gandan so‘ng, erta bilan nonushtadan oldin 30 minut davomida 1500 ml suv yoki suyuq damlangan issiq choy ichadi. Shundan so‘ng 4 soat davomida har 30 minutda yig‘iladi. Sog‘lom buyraklar ichilgan suvni ko‘rsatilgan vaqt ichida siydik bilan chiqarib yuboradi. Konsentratsion sinamada yoki quruq ovqat yeyish sinamasida ertalab bemor qovug‘ini bo‘shatgandan so‘ng, bir sutka davomida o‘rinda yotib, faqat quruq taom iste’mol qiladi. Siydigi har 2 soatda yig‘iladi. Sog‘lom odamning har bir idishidagi siydigi oz miqdorda (30—50 ml bo‘ladi), uning solishtirma og‘irligi yuqori, ba’zi bankalarda 1028—1030 ga yetadi. | |
Просмотров: 7585 | |
Всего комментариев: 0 | |