Главная » Статьи » Tibbiyot

Siydikning solishtirma og‘irligini aniqlash

 

 

Siydikning solishtirma og‘irligi urometr asbobi bilan aniqlanadi. Qulay bo‘lishi uchun ikkita urometrdan foydalaniladi. Ulardan biri 1000 dan 1025 gacha, ikkinchisi 1026 dan 1050 darajagacha bo‘lingan. Solishtirma og‘irlikni aniqlashda siydik silindrga quyiladi va unga avval kichik darajalarga bo‘lingan urometr solinadi. U silindr devoriga tegmay suzib yurishi kerak. Bunda tekshirilayotgan siydikning pastki meniski urometrning qaysi darajasiga to‘g‘ri kelishi aniqlanadi.Shu daraja ustunidagi raqam siydikning solish- tirma og‘irligini ko‘rsatadi. Agar kichik belgili urometr siydikka solinganda, uning butun shkalasi siydik yuzasidan yuqoriga joylashsa, bu hol mazkur siydikning solishtirma og‘irligi 1025 dan yuqori ekanligini ko‘rsatadi.Bunday holda shu siydikka silindrga 1026 dan 1050 darajaga bo‘lingan urometr tushiriladi. Avvalgidek siydikning solishtirma og‘irligi urometr shkalasi raqami turgan pastki menisk bo‘yicha aniqlanadi.

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 2572 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar