Diagnostika maqsadida radiofarmatsevtik preparatlaridan foydalanishga asoslanib turib, bemorni tekshirishning bu usuli tibbiyotda radioizotoplar yordamida skanerlash deb ataladi. Bu moddalar zarar qilmaydigan juda oz miqdorlarda organizmga yubo- rilganidan keyin skaner deb ataladigan maxsus asbob yordamida tekshirilayotgan organning katta-kichikligi, shakli, holati va funksional ahvoli to‘g‘risida axborot olish mumkin.
Bemorni rentgenologik yo‘l bilan tekshirish uchun biror mone- lik bo‘lgan hollarda skanerlashni qo‘llash mumkin. Ba’zan skanerlash klinik usullarni hisobga olmaganda kasallikni aniqlab olish yoki patologik jarayonning o‘rnashgan joyini belgilab olishda yagona diagnostik usul bo‘lib qoladi. Maxsus asbob skaner yordamida qog‘oz yoki fotoplyonkaga a’zolar ko‘rinishi suratga olinadi.
|