Главная » Статьи » Tibbiyot |
Spetsifik profilaktika fransuz olimlari Kalmett va Geren tomonidan 1919-yili ajratib olingan vaksina bilan o‘tkazilgan. Sil mikobakteriyasi maxsus oziqli muhitda o‘stirilib, undan so‘ng har xil muhitda qayta-qayta ekib ko‘rilgandan keyin u patogen xususiyatini yo‘qotib qo‘yadi. Ana shunday vaksina tirik organizmga yuborilsa, kasallik kelib chiqmaydi. Organizm sil infeksiyasiga chidamli bo‘lib qoladi (Kalmett-Geren batsillalari — BCG). Teri ichiga yuboriladigan quruq vaksina miqdori chaqaloqlar va kichik yoshdagi hamda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 0,02 mg.ni, maktab yoshdagilar, o‘smirlar va kattalar uchun 0,05 mg.ni tashkil qiladi. 5 yoki 7 kunlik chaqaloqlar terisi ichiga silga qarshi vaksina yuboriladi. Agar biron-bir sabab bilan bolalar tug‘ilganidan keyin dastlabki kunlarda vaksinatsiya qilinmagan bo‘lsa, u holda ularni dastlabki oylarda oldindan tuberkulin bilan sinab ko‘rmay vaksinatsiya o‘tkazish kerak. Quyidagi hollarda vaksinatsiya o‘tkazish mumkin emas:
Teri ichiga yuborish usuli bilan sil yuqmagan barcha bolalar, o‘smirlar, oliy o‘quv yurtlari va maxsus bilim yurtlari talabalari, shuningdek, davolash-profilaktika muassasalarining 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlari (agar ular klinik jihatdan sog‘lom bo‘lishsa va Mantu reaksiyasi ularda manfiy natija bersa) revaksinatsiya qilinadi. Ilgari peroral usul bilan vaksinatsiya yoki revaksinatsiya qil- ganlarga birinchi marta 2 yoshdan teri ichiga yuborib revaksinatsiya qilinadi, so‘ng 7 yoshda, 10—11 yoshda, 13—14 yoshda, 16—17 yoshda, 22—23 yoshda va 27—30 yoshda revaksinatsiya qilinadi. Quyidagi hollarda teri ichiga yuborish yo‘llari bilan revaksinatsiya qilish mumkin emas:
Vaksinatsiyaning mohiyati shundaki, u immunitet hosil qilish yo‘li bilan organizmning silga qarshiligini oshiradi. Ko‘rsatilgan tadbirlardan tashqari, sil mikobakteriyasining tarqalishiga qarshi qaratilgan choralar ham ko‘rilishi kerak. Buning uchun, birinchi navbatda, balg‘amni zararsizlantirish zarur. Bemorlar cho‘ntak- larida maxsus tufdon olib yurishlari kerak. Uyda emallangan tufdonlardan foydalanish mumkin, lekin ulardagi balg‘am qurib, havoga chang bilan tarqalmasligi uchun unga suv quyib qo‘yiladi. Balg‘am ishqor eritmasidagi krezol — 60 % va ishqor eritmasidagi paraxlormetakrezol — 40 % bilan zararsizlantiriladi yoki kuydirib tashlanadi.
| |
Просмотров: 1563 | |
Всего комментариев: 0 | |