Главная » Статьи » Tibbiyot

Trombotsitlar. Trombotsitlar miqdorini aniqlash

 

Trombotsitlar (yunon. thrombos — laxta va kytos — hujayra) — qondagi shaklli elementlardan bin trombotsit diametri 2—5 mkm keladigan tanachalar bo‘lib, ular qon plastinkalari deb ataladi. 1 mkl qonda 180—320 ming trombotsit bo‘ladi. Ular ko‘mikda ishlanib chiqadi. Qon plastinkalari osonlik bilan yemiriladi va qonning ivishida ishtirok etadi.

Qon tomirlar jarohatlanganda trombotsitlar xuddi shu joyga to‘planadi va o‘zaro birikib, qonni quyultiradigan maxsus modda ajratadi: natijada laxta qon (tromb) hosil bo‘ladi va qon oqishi to‘xtaydi. Qon ketganda, operatsiyadan keyin organizmning himoya reaksiyasi sifatida qonda trombotsitlar soni ortadi: ba’zan trombotsitlarning ortishi yurak bo‘shliqlarida va qon tomirlarda tromb hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin, bunday holat ko‘proq vena- laming varikoz kengayishi yoki ularning yallig‘lanishida kuzatiladi.

Trombotsitlar soni kamayishi ham mumkin, masalan, ayrim dorilarga nisbatan sezuvchanlik yuqori bo‘lganda, ba’zi kimyoviy moddalardan zaharlanganda trombotsitlarning ko‘plab yemirilishi kuzatiladi, bunda salga qon oqaveradi. Trombotsitlarning kamayishi fiziologik bo‘lishi ham mumkin, masalan, kishi uxlaganda, ovqatlangandan keyin, hayz ko‘rganda trombotsitlar kamayadi.

Qon plastinkalari (trombotsitlar)ni sanash. Barmoqqa magniy sulfatning 14 % li eritmasi tomiziladi. So‘ng barmoq igna yordamida tomchi orqali teshiladi. Qon buyum oynasining burchagi yordamida magneziy bilan aralashtirilib, surtma tayyorlanadi. Surtmalar quritilib, spirt bilan fiksatsiyalanadi va Romanovskiy — Gimza usuli bilan bo‘yaladi. Surtma 2—3 soat davomida bo‘yaladi. Sanash ishi mikroskopning immersion sistemasida bajariladi. 1000 dona eritrotsit sanalib, bu eritrotsitlar sanalayotganda duch kelinayotgan trombo- tsitlar soni qayd etiladi. Trombotsitlar miqdorini aniqlashda 1 mkl qondagi eritrotsitlar miqdorini aniqlash kerak.

Misol, 1000 eritrotsitga 56 ta trombotsit to‘g‘ri keldi. 1 mm3 qondagi eritrotsitlar miqdori 4500000.

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 6517 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar