Главная » Статьи » Tibbiyot |
Ultratovush tashxisi (UTT)
Hozirgi vaqtda ichki a’zolar (buyrak, jigar, o‘t qopi, yurak, endokrin bezlar) kasalliklarini aniqlashda ultratovush bilan tekshirish keng qo‘llanilmoqda. Chunki bu usul eng oxirgi fan yutuqlariga asoslangan bo‘lib, bemor hamda tibbiyot xodimi uchun zararsiz usuldir. Masalan, buyrak o‘ziga xos ultratovush tuzilishiga ega. Uning tashqi tomonida parenximada exosignal yo‘q. Kosacha — jom sistemada esa exosignal yuqori. Bo‘ylama exogrammada normal buyrak Kosacha — jom sistemasi zich exostrukturaga, turli shakl va o‘lchamga ega. Buyrakning normal o‘lchami bo‘ylama qatlamlarida 10—12x3, 5—4,5 sm, ko‘ndalang 5—6x3,5—4,5 sm.ga teng. | |
Просмотров: 1323 | |
Всего комментариев: 0 | |