Главная » Статьи » Tibbiyot |
Bu sinama boshqalaridan ko‘proq qo‘llaniladi. U tayyorgarliksiz, suv yuklamasi berilmasdan, bemor muayyan rejimda bo‘lib, odatdagicha ovqatlanayotgan vaqtda o‘tkaziladi va shunga ko‘ra, unga monelik qiladigan hollar bo‘lmaydi. Bir kun avval tegishli etiketkalari bo‘lgan 8 ta flakon (maxsus idish) tayyorlab qo‘yiladi. Ertalab soat 6 da bemorga siyish taklif qilinadi va birinchi olingan siydik to‘kib tashlanadi. So‘ngra 3 soat oralatib, sutka mobaynida 8 siydik porsiyasi yig‘iladi. I porsiyasi ertalab soat 9 da, II porsiyasi soat 12 da, III porsiyasi soat 15 da, IV porsiyasi soat 18 da, V porsiyasi soat 21 da, VI porsiyasi soat 24 da, VII porsiyasi soat 3 da, VIII porsiyasi keyingi sutkaning ertasi soat 6 da yig‘iladi. Har bir porsiyadagi siydik miqdori va solishtirma og‘irligi o‘lchanadi. Sog‘lom odamda solishtirma og‘irlik turli porsiyalarda anchagina turadi (1012—1025). Ulardagi siydik miqdori ham o‘zgarib turadi. Buyrak yetishmovchiligi hodisalarida solishtirma og‘irlik va ajratilgan siydik miqdori juda kam o‘zgargani holda, ko‘pincha nikturiya kuzatiladi. | |
Просмотров: 12917 | |
Всего комментариев: 0 | |