Главная » Статьи » Turli mavzular

Bolalarga ishlatilishi tavsiya etilmaydigan 10 ta iboralar

 

 

 

 

 

Bolalar psixologlari bolalarga ayrim so`zlarni ishlatmaslikni maslahat beradi. Chunki bola psixologiyasi uning yoshidan qattiy nazar juda ta`sirchan bo`lib uning ruhiyatiga bu so`zlar bilan shikast yetkazish mumkin. Bola tug`ilishi bilan so`zlarni tushuna olmasada, gapirish ohangi (intanatsiya) yuz (ko`z, qosh, lab) harakati (mimika) orqali qabul qiladi. 
 

1. Sen buni eplay olmaysan – ber o`zim qilaman!
Psixologlar bu iborani bola psixologiyasini juda og`ir jarohatlaydi va bola bu so`zni eshitgandan so`ng o`ziga bo`lgan ishonchi yoqolishi va o`zini omadsiz hisoblashini ta`kidlaydi. U o`zini ahmoq deb hisoblaydi va biror ishni qilishdan oldin unda qo`rquv hisi kuchayib, hozir onam yana baqiradi deb o`ylay boshlaydi. 
 

2. Ushla, faqat o`zingi bos! 
Farzand onasidan biror narsani so`raganda onaning "hop" deyishi qiyin  bo`lsa bola "iltimos, beraqoling" kabi iboralardan foydalanishni boshlaydi va bundan so`ng ona rozi bo`lsa, farzand hamma narsaga yalinish iltimos bilan erishib bo`ladi degan fikrni miyasiga joylab oladi. Oqibatda onaning "yo`q" degan so`zini farzand jiddiy qabul qilmay qo`yadi. 
 

3. Yana bir marta qaytarilsa – mendan ko`rasan!  
Kuzatuvlarimiz natijasida shuni aniqladiki, bu iborani ishlatgan ota-onalar keyingi safar ham shu ibora bilan kifoyalanisharkan. Bu bilan farzandni shunchaki qo`rqitib qo`yiladi va farzand bilan ota-ona o`rtasida araz va tushunmovchilikni keltirib chiqaradi. Yo`q farzandingizni qo`rqitmang. U har bir qilgan ishining oqibatini qanday bo`lishini aniq bilishi shart! To`sattan ota-onaning chora ko`rishi yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.

4. Men nima dedim?! Hoziroq bas qil! 
Farzandingiz bilan bunday qo`pol gaplashish yaramaydi. Axir bu sizning farzandingizku! Agar baqirib yuborsangiz yaxshisi uzr so`rang. Bolalar ham hafa bo`ladi, u o`zini doim keraksiz va noxaq his qila boshlaydi. Aksincha, bas qilish o`rniga yosh bolalar – yig`lay boshlaydi, injiq bo`lib qoladi, balog`at davridagi bolalar esa indamay ketishadi lekin ichiga yutib qalbi jarohatlanadi. Oqibatda bunday bolalar kelajakda jaxldor, odamovi qalbi esa nafratga to`la bo`ladi. Xulosa qilib aytganda, bu ibora bilan siz o`ylagan niyatingizga yeta olmaysiz!  

5. Sen tushunishing kerak, axir bu …
Ko`pchilik bolalarda bu iboraga qarshi fikr vujudga keladi. Axir ular ham inson-ku. Ularning ham o`ziga yarasha "muammo"lari bo'ladi. Bunday paytda uning butun fikri shu muammoni yechish bilan band bo`ladi, u moammo siz uchun arzimagan narsa bo`lsa ham va sizning tushuntirayotganingizni u xatto eshitmaydi. Bunday paytlarda sizning eng to`g`ri va muammoni hal qiluvchi maslahatlaringizni farzandingiz qabul qilmaydi! Bu paytda faqatgina farzandingizni eshitishingiz va uni ma`qullab so`ng o`z maslahatingizni berishingiz maqsadga muvofiq bo`ladi.  

6. Bolalar (qizlar) o`zini bunday tutishi kerak emas! 
Doim bu so`zni takrorlab ota-onalar farzandlarida o`zining hatti-xarakatlarida doimiy ishonchsizlikni vujudga keltirib qo`yishadi. Bu bolalar katta bo`lishganidan so`ng o`zining hissiyotlarida nimagadir loyiq emaslikni his qilishadi, qizlar esa qiz bolaga hos bo`lmagan kasb tanlashadi yoki tartibga keltirgan uyidan ayb qidirib "bunday qilish kerak emas" deb qilgan ishiga ishonchsiz umidsiz qaraydigan bo`lib qolishadi. 

7. Arzimagan narsaga ham asabiylashaverma! 
Balki bu farzandingiz uchun arzimagan narsa emasdir, o`zingizni bolalik davrlaringizni eslang! Ha, balki bolangiz unga mashinasini berishmagani yoki kubiklardan yasalgan uyi buzilganidan asabiylashar. Axir uning kichkina dunyosida mashina va kubiklardan muhimroq narsa yo`q-ku! Bunday xatti-harakatingiz bilan farzandingizdagi ishonch, muammolarga bo`lgan jiddiy qarashlarini yoqo'tasiz. Kelajakda u hamma narsaga yuzaki qaraydigan bo`lib qolishi, hayotidagi barcha hattoki qaltis muammolarni ham siz aytganingizdek "arzimagan narsa" deb qabul qilishi mumkin.  

8. Mening sog`lig`imni asra!
Ko`pincha ayrim onalar farzandiga shunday deyishadi, ammo tushunishingiz kerak ertami-kechmi bola buni jiddiy qabul qilmay qo`yadi. Haqiqatdan ham sog`lig`ingiz yomonlashganda, bola bunga e`tibor bermaydi. U tinchlanishi, shovqin qilmasligi, sakrab to`palon qilmasligi uchungina sog`lig`ingizdan shikoyat qilayapsiz deb o`ylaydi. 
 

9. Yo`q buni sotib olmaymiz – pul yo`q (qimmat)!
Bolaga hamma narsani baravar olish mumkin emasligini tushuntirish juda qiyin. Lekin bolaning hayolida ota – onasining qo`lida pul bormi demak do`kondagi hamma narsani sotib olish mumkin. Bola bu iborani aynan shunday qabul qiladi! Ammo ota-onalar       "seni bunday o`yinchog`ing bor", "ko`p shirinlik zarar" deb aytishgani yaxshiroq emasmi? Ha albatta, bolaga tushuntirish qiyin. Lekin bola u hohlagan narsani nima sababdan olib berishmayotganini bilishi shart!  
 

10. Hammaning bolasi bola, meniki esa… 
….bunday so`zlar bolaning o`ziga bo`lgan ishonchini o`ziga bo`lgan bahosini tushiradi.  

Manba:http://milliard.uz/view.php?id=263&menu=6

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Категория: Turli mavzular | Добавил: azizjon_ibragimov (28.08.2016)
Просмотров: 1650 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar