Главная » Статьи » Turli mavzular |
Jamiyat fanlarning rivojlanishi va ularning ijtimoiy ahamiyati ortib borishida uchta muhim bosqich farq qiladi: 1.Fanlar jamiyat ishlab chiqarishga oid amaliy-ijtimoiy talabalar va ehtiyojlarga javob berish asosida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Bu bosqichda astranomiya, geometriya, matematika va mehanika kabi fanlar sust rivojlanadi. VII-XII asrlarda arab Sharqi va O‘rta Osiyoda fanlar eng taraqqiy etgan o‘lkalardan biriga aylandi. 2. XIV asr oxiri va XV asrlarda O‘rta Osiyotemuriylar imperiyasi davrida hamda XVII asr oxirlaridan boshlab Yevropada kapilizmning tez rivojlanishi bilan boshlanadi. 3. XX asr boshlaridan boshlandi. Fan ishlab chiqarish kuchiga aylana bordi. Fan- texnika inqilobi sodar bo‘lishiga olib keldi. XX asr oxiriga kelib esa fanlarda an’anviy (klassik) tafakkur uslubi o‘rniga noan’anaviy boshlandi. Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, “Fan- jamiyat taraqqiyotini olg‘a siljituvchi kuch, vositadir”. Fanlar predmetiga ko‘ra: 1.tabiatshunoslik (tabiatni bilish o‘zlashtirish, o‘zgartishish qonunlarini o‘rganadi). 2. jamiyatshunoslik (ijtimoiy munosabatlarni, inson mavqei, iqtisodiy va ma’naviy hayotini o‘rganadi). 3. texnika fanlar (inson tomonidan ixtiro qilingan mashina, mexanizlar, ular tuzilishi, qurilishi, faoliyati qonunlarini o‘rganadi)ga bo‘linadi. Fanlar Yana 2 turga bo‘linadi. 1.Fundamental fanlar (tabiat, jamiyat, inson va inson tafakkuri taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini nazariy jihatdan o‘rganuvchi fandir). 2. Amaliy fanlar (ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, erishilgan har bir natijasi ishlab chiqarishga bevosita tadbiq etilib boradigan fanlardir). Fundamental fanlar Amaliy fanlardan oldinroq harakatda bo‘lib. Ularga nazariy imkon yaratadi. Amaliy va fundamental fanlar borliqning turli sohalari qonuniyatlarini ishlab chiqarishga joriy etib, ixtimoiy- amaliy masalarni g‘al qilishga tadbiq etadi. O‘zbekiston Respublikasi FA olimlari ko‘proq fundamental fanlar sohasida ilmiy izlanishlar olib borsalar, Amaliy tadqiqot fanlari bilan esa ko‘proq respublika oliy o‘quv yurti ilmiy potensialiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchi olimlar shug‘ullanadilar. Respublikadagi iqtidorli olimlarning kata qismi oliy o‘quv yurtlarida ishlaydilar. Oliy maktab ilmiy bo‘limlarida respublika ilmiy potensialining 60 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Ular xalq xo‘jaligiga mutafassislar tayyorlash bilan birga ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borishadi. “Bizning fundamental fanlar bilan shug‘ulanadigan 40 ga yaqin ilmiy-tadqiqot muassasalarimiz bor”21, degan edi Islom Karimov. 1995 yil 3 aprelda Vazirlar Maxkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Nizomi to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlaydi. Bu Nizomga muvofiq O‘zFA haqiqiy a’zoligiga yoshi 65 dan oshmagan muxbir a’zolaridan va fan doktorlaridansaylandi. O‘zFA muxbir a’zoligiga esa 60 oshmagan fan doktorlari saylandi. O‘aqiqiy a’zolar va muxbir a’zolari 70 yoshga to‘lganda O‘zFA haqiqiy a’zosini saylash uchun ko‘shimcha o‘rinlar ochiladi. 1997 yilda O‘zbekistonda 62 ta oliy o‘quv yurti, shu jumladan 17 universitet faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, xozirda 65 ta oliy o‘quv yurtidan 20 tasi universitetlar, FA, QXA, 120 dan ziyod ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular orasida 160 dan ziyod akademik va muxbir a’zo (akademiklar 80 nafar, FA muxbir a’zolari 87), 2200 dan ortiq fan doktorlari, 14 ming 600 dan ko‘proq fan nomzodlari bor. Ilgari davlatimizda 600 ga yaqin 103 taga, mutaxassislar esa 285 taga keltirildi. Aslida har qanday fanning xarakter belgilari, bu: -fan xalqqa xizmat qiladi, keng xalq ommasi ishtrokida rivojlanadi; -fanga davlat rahbarlik qiladi; -fan ilmiy metodologiya: falsafa bilan qurollangan; -fan olimlari o‘zaro yordam, jamoa rejasi asosida ishlashadi. Fanlar klassifikasiyasiga ko‘ra sotsiologiya strukturasida ikki yo‘nalish bor: -fundamental yo‘nalish; -amaliy yo‘nalish. Tadqiqot sohasida esa: 1) nazariy tadqiqot. 2) empirik tadqiqotlarga bo‘linadi. Tuzilish sohasi bo‘yicha: 1) Maxsus fanlar sohasi. 2) Tarmoq sohalari mavjud. Bular bir-birlari bilan juda murakkab o‘zaro dialektik aloqadadirlar. Ayrim hollarda bir-biriga qo‘shilib ketadi, ba’zida bir-birlarni inkor qiladi.Fundamenial sotsiologiya boshqa elementlaridan o‘zi hal qilayotgan muammolar darajasi, ko‘lami, ahamiyati bilan farq qiladi. Fundamental sotsiologiya abstraksiyaning (mavhumlik) oliy darajasi muammolari bilan shug‘ullanib, sotsial olimning taraqqiyoti va borlig‘i uchun zarur bo‘lgan umumiy qonun va qonuniyatlari izlash bilan faoliyat ko‘rsatadi.Fundamental sotsiologiya ko‘plab maktab va yo‘nalishga ega.Fanning asosini ijodiy ishlashning 3 ta asosiy aspekti mavjud: Ontologik (yunon. Borliq haqidagi ta’limot, qarashlar, narsalarning yashirin mohiyatlari haqidagi metofizik tasavvurlarga asoslanadi) – sotsiologiya ob’ektini, uning faoliyat ko‘rsatish shakillarini o‘rganadi. Realizm – bu sog‘lom fikrli ontologiyadir. Realistik yo‘nalish asosi: real, aktual va empiriklikdir. Fundamental sotsiologiya faqat nazariy asoslarini ishlab chiqish bilan keng ma’noda ishlab chiqadi. Fundamental sotsiologiyaning maqsadi – bu sotsial olamning to‘liq tasvirini yaratishdir va bu sotsial olamning taraqqiyot manbai g‘amda shakillarini aniqlashdir. Yoki fundamental sotsiologiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: Fan-texnika taraqqiyotining muhim qismi bulgan fundamental fan ilmiy rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Fan bilan ishlab chiqarish o‘rtasida uzviy aloqa bog‘lash, fanning ishlab chiqarish kuchiga aylanishini ta’minlash, fundamental g‘oyalar tajribaga, ishlab chiqarishga qaratilishi lozim. Fan inson muammosi, uning yer biosferasi bilan uzviy aloqasi va o‘zaro harakat qilish tomoniga rivojlantirish. Inson omilini chuqur tadqiq qilib, fan-texnika taraqqiyotini gumanizasiyalash va ekologiyazasiyalash muammolarini o‘rganish.Fan tarmoqlari: akademiya, tarmoq va oliy o‘quv yurtlari bo‘limlaridan qulay foydalanish. Ilmiy kadrlar tayyorlash, fandagi yoshlar g‘ayrat-shijoat iste’dodlaridan samarali foydalanish.Jamiyat sotsial-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanishni prognoz qilib oldindan astib berish, ilmiy kuchlar va moddiy resurslardan o‘rinli foydalanish. Fundamental sotsiologik tadqiqotlarning halq ho‘jalik axamiyatiga ega bo‘lgan ilmiy-texnik muammolarini hal etish, kompleks yechimlar beradigan, ishlab chiqarish korxonalarini hamda iqtisodiyotning butun tarmoqlarini har tomonlama takomillashtirishni ta’minlash asosida yirik texnologiyalar natijalariga ega bo‘lish va kuchaytirishdan iborat.Mamlakatimiz prezidenti Islom Karimov “agar fanni bir daraxt deb tasavvur qilsaq fundamental tadqiqotlar uning ildizini tashkil etadi. Zero, ildiz kanchalik baquvvat va chuqur bo‘lsa, daraxt shunchalik barq urib yashnaydi, ko‘rkam hosil beradi”,degan edi. Sub’ektga murojat qilish – fundamental sotsiologiya rivojining ikkinchi muhim tushuchasidir. Fundamental sotsiologiya bu metonazariyadir, u fanning tuzilishi, mazmuni, katerogiyasi va metodlarini o‘rganadigan umumsotsiologik muammoni tadqiq qiladi. Shu boisdan ham fundamental tadqiqot roli beqiyosdir. Uning quyidagi funksiyalari bor: a) dunyoqarash funksiyasi. b) metodologik funksiyasi. v) integrasiyalashtiruvchi funksiyasi. g) evristik funksiyasi va boshqa funsiyalari mavjud. 3. Amaliy sotsiologik: tadqiqotlar fundamental sotsiologiyadan o‘zining strukturasi, mazmuni va maqsadi bilan farq qiladi. Uning xususiyati shundaki, amali sotsiologiya orqalijamiyatning har bir sohasi uchun kerakli bo‘lgan nazariy va empirik tadqiqotlarni qo‘llash uslublari va vositalari joriy etiladi. Amaliy sotsiologiya XX asr boshlarida tashkil topgan empirik tadqiqotlar negizida shakillandi va rivojlandi. Empirik tadqiqotlar sotsial amaliyotga olib chiqadigan vosita hisoblanadi. Empirik tadqiqotlar o‘zgartiruvchanlik xususiyatga ega emas,uning vazifasi: kuzatish, eksperiment, hujjatlarni o‘rganish, so‘rov metodlari orqali sotsial jarayonlar haqida faktlar va empirik ma’lumotlar yig‘ishdir. Empirik tadqiqotlar natijalaridan ham amaliy maqsadlarda, ham nazariy bilimlar rivoji uchun foydalanish mumkin. Amaliy tadqiqotlar tizimida ham nazariy, ham empirik bilimlar mavjud bo‘lib, ular amaliy tadqiqotlarni ijtimoiy hayotning turli sohalari faoliyatini takomillashtirish uchun tavsiyanomalarga aylantiradi. Shunday qilib, amaliy sotsiologiya nafaqat tayyor bilimlarni ishlatadi, balki yangi nazariy metodologik bilimlarni ham shakillantiradi. Amaliy sotsiologiya ilmiy bilimning amaliy effektivligi masalasini hal qilgan muammolarni o‘rtaga qo‘yadi. Amaliy tadqiqotlar tarmoq yo‘nalishini shakillantiradi (xulq-atvor sotsiologiyasi, industrial sotsiologiya va h.q.) Sotsiologiya tadqiqot ham 1) nazariy ham 2) empirik bo‘lishi mumkin. Chunki har qanday fundamental sotsiologiya nazariyadir empirik tadqiqotlar esa nazariya bilan jipslashgan o‘zaro aloqali bilan o‘tkaziladi. Lekin har qanday fundamental sotsiologiya nazariy hisoblansa, har qanday nazariya fundamental sotsiologiya hisoblanadi. Nazariya – bu kategoriya, tushunchalar, holatlar va prinsiplarning konseptual birligi bo‘lib, u hodisalarni xossalari, munosabatlari va qonuniyatli aloqalarini ochib beradi. Nazariyada markaziy o‘rinni tushunchalar egallaydi. Ularda fanning tajriba va yutuqlari to‘planadi va ular nazariyaning mazmunini belgilaydi. Sotsiologiya maxsus yo‘nalishlar sotsial reallikni sotsiologiya ob’ekti sifatida qabul qilishda nazariy mushohada qilishlik va bir ob’ektning asosiy elementlarini aniqlash asosida vujudga keladi, maxsus yo‘nalishlar fanning markaziy qismini tashkil qiladi, chunki u o‘zida tadvivotning boshqa barcha yo‘nalishlari: tarmoq, empirik yo‘nalishlarini mujassamlashtirilgan bo‘ladi. Tarmoq yo‘nalishlari: shahar sotsiologiyasi, sanoat sotsiologiyasi, oila sotsiologiyasi va h.q. Tarmoq sotsiologiyasi amaliy tadqiqotlar uchun bazis bo‘lib xizmat qiladi, chunki olingan ma’lumotlar asosida tashkilot, korxona, muassasa faoliyati takomillashadi. Tarmoq yo‘nalishi rivoji fundamental sotsiologiya oldida jamiyat yaxlit tuzilishda turli xil ijtimoiy tizimlar roli, o‘rni, o‘zaro harakat turlari, taraqqiyt asoslari masalalarini qo‘yadi. O‘rta asrlar davrida fundamental va amaliy fanlar bilan buyuk allomalarimiz bevosita shug‘ullanishgan va quyidagi akademiya maktablarini barpo etishgan: 1)”Ma’mun akademiyasi” Abul Abbos ibn Maxmun tomonidan X asr oxiri XI asr, Ibn Miskoviy, Abu Nasr Ibn Iroq kabi buyuk allomalar ta’lim olgan. 2) Samarqanda Ulug‘bek astronomiyasi maktabi XV asrda tashkil tapgan. 3) Xarazm Ma’mun akademiyasini qayta tashkil jtish to‘g‘risida 1997 yil 11 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilinib qayta tiklandi. 1995 yilning aprel oyida respublikada birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida davlat va jamiyat qurilish Akademiyasi tuzildi. Bu akademiya hamda 1996 yilning may oyida tuzilgan Bank-moliya Akademiyasi hokimiyat va boshqaruv organlari xodimlarini, iqtisodiy tuzilmalar mutaxassislarini sifat jihatdan yangi darajada tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish bo‘yicha bosh muassasalardir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilish Akademiyasidagi jarayon kadrlarni siyosiy, madaniy, ma’naviy hamda kasb jihatdan tayyorlash majmuini o‘z ichiga oladi. Akademik ta’lim tinglovchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, keng aql-zakovat, chukur bilim va mulohaza, tashabbus, muammolarni hal etishga ijodiy yondashuv asosida hozirgi zamon tafakkurini shakillantirishga qaratilgandir. 1995 yil 3 oktyabrda Islom Karimov Davlat va jamiyat qurilish akademiyasining ochilishi marosimida so‘zlagan nutg‘ida ta’kidlaganidek, «Akademiya-bu oddiy hkuv yurti, kadrlar, hatto, rahbar kadrlar tayyorlaydigan bilim dargohigina emas, u yangi tafakkur shakllanadigan, o‘zimiz to‘plagan va boshqa mamlakatlarda to‘plagan ilg‘or tajribalar o‘rganiladigan, tahlil qilinadigan va tahsis beriladigan markaz bo‘lib qolishi kerak».23 Islom Karimov 1995yil 2 noyabr kuni Raspublika bir guruh olimlari – mamlakat fanlar akademiyasi vakillari bilan uchrashuvda “Fan ravnaqisiz buyuk davlat qurib bo‘lmaydi” xususidagi nutqida “Ayniksa fundamental fanlarga alohida e’tibor berish kerak. Chunki fundamental fanlar taraqqiyot asosidir”, degan edi. Mustaqillikning 13 yili davomida davlatimiz asosan respublika uchun ustuvor ilmiy-texnik yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Buning uchun Fan va texnologiyalar markazida o‘tkazilayotgan tanlovlar natijalariga ko‘ra grantlarni amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ ajratilmoqda. Iqtidorli yoshlarga nafaqat respublikada, balki rivojlangan xorijiy mamlakatlarda barcha sohalar bo‘yicha o‘z bilimi va tajribalarini oshirib borishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratib berilgan. Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 21 iyuldagi «Fan va innovasiya faoliyatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risidagi 337-son» va 2002 yil 4 martdagi «Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi» 77-son Qarorlariga muvofiq Fan va texnologiyalar markaziga har yili ilmiy tadqiqot institutlari hamda oliy o‘quv yurtlarining yosh olimlarini malaka oshirish hamda ilmiy stajirovka o‘tish uchun rivojlangan xorijiy davlatlarning ilmiy markazlariga va oliy o‘quv yurtlariga yuborish yuklatilgan. «O‘tgan davrda O‘z. FA. dan 23 kishi, OO‘MV dan 17 kishi, Sog‘liqni saqlash Vazirligidan 2 kishi, Qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligidan 1 kishi bunday ilmiy safarlarda bo‘lib, o‘z ilmiy ishlari uchun zarur materiallarni to‘plab keldilar va malaka oshirdilar»
| |
Просмотров: 3108 | |
Всего комментариев: 0 | |