Главная » Статьи » Turli mavzular

Gaz ballonli uskunalarga texnik xizmat ko'rsatishda mehnat havfsizligi

 

 

Gaz ballonli uskunalar o'rnatilagan avtomobillarning Gaz ballonli uskunalar bilan jihozlangan avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatishning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

– avtomobil yoki uni tashkil etuvchi qismlarga issiqlayin ta'sir etish usullari qo'llanilsa, masalan, payvandlash ishlari bilan bog'liq ochiq olovli ishlar, quritish kameralarida avtomobilni quritish va shu kabilar, quyidagi ishlar bajariladi: 

1) gaz ballonidan gazlar chiqarilib yuboriladi;

2) dvigatel va gaz jihozlari qismlarida qogan qoldiq gazlar chiqarib tashlanadi;

3) ballonlar neytral gaz (asosan azot bilan) bilan shamollatiladi;

4) barcha jumraklar yopiladi;

5) ta'mirlash ishlari tugatilgandan so'ng gaz asboblari to'liq tekshirilib chiqiladi.

– avtomobil elektr jihozlarini ta'mirlash va ularga texnik ko'rsatish ishlarini bajarishda quyidagishlar bajariladi:

1) ballondagi barcha jumraklar yopiladi;

2) dvigateldagi qoldiq gazlar chiqariladi;

3) kapot i yuklar solinadigan orqa qism qopqog'i ochilib gaz hidi bo'lmasligiga erishiladi.

Ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish uchun ishlaydigan ishchilar maxsus texnik havfsizligi bilan tanishgandan so'ngina ishlashga ruxsat etiladi.

Gaz ballonli uskunalarga xizmat qilayotganda albatta maxsus e'lon varaqalari tablichkalari osib qo'yiladi. Yondirish tizimi albatta ajratib qo'yilishi kerak. Ta'minlash tizimining qismlari avtomobildan ajratilgan holda maxsus ventilasiya bilan jihozlangan ish o'rinlarida amalga oshiriladi.

Dvigatelni o't oldirishni asosan starterda, faqat ayrim hollardagina yurgizish dastasi yordamida amalga oshirish lozim. Qo'l panjalari shikastlanishining oldini olish maqsadida dastani shunday ushlash lozimki, bunda o'ng qo'lning hamma panjalari dastaning bir tomonida joylashsin. Tirsakli valni aylantirish faqat pastdan yuqoriga tomon amalga oshiriladi, aylana bo'yicha aylantirish esa ta'qiqlanadi.

Gazning sizib chiqishi kuzatilgan holatlarda dvigatelni o't oldirish taqiqlanadi. Ishlayotgan dvigatelda rostlash ishlarini o'tkazish uchun, ishlatilgan gazlarni so'rib oladigan qilib jihozlangan maxsus post ajratilishi lozim. Gaz ballonli avtomobillardagi gaz jihozining uzellarida va quvurlarida bosim ostidagi gaz mavjud bo'lsa, u holda uning detallarini qotirish va boshqa ta'mirlash ishlarini bajarish ham ta'qiqlanadi.

Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash xonalarida yonilg'idan yoki moylash materiallaridan bo'shagan idishlarni qoldirish ta'qiqlanadi. To'kilgan yonilg'i yoki moyni tezlik bilan qum yoki to'pondan foydalanib tozalash lozim. Ish tugagandan so'ng ishlatilgan artish materiallarini yig'ib maxsus idishga solish kerak. Avtomobildan echib olingan ta'minlash tizimi uskunalariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlari sexda (ustaxonada) bajariladi. Ta'minlash tizimi detallari yuviladigan vannada, asboblarni qismlarga ajratish-yig'ish, rostlash va tekshirishga mo'ljallangan verstaklarda hamda charxlash dastgohida shamollatish-so'rg'ichlari bo'lishi lozim.

Detallarni kavsharlash va qalaylashdan avvalgi tozalash ishlarini mahalliy shamollatgichlarga ega bo'lgan ishchi o'rinlarida bajarish lozim. Yonilg'i baklarini va yonuvchi suyuqliklardan bo'shagan idishlarni ta'mirlashdan avval issiq suv bilan yuvish, issiq bug' bilan bug'lash va kaustik sodada yuvish hamda issiq havo bilan quritish lozim. Kavsharlash va payvandlash ishlarini tiqinlar ochilgan holatda bajarish kerak. Alangalanish o't o'chirgich, qum yoki to'zitilgan suv oqimida o'chiriladi. Gazli ballonlardagi bosim oshib ketmasligi uchun ular ustidan sovuq suv quyib turiladi.

         Tizimda hosil bo'lgan gidratlarni ketgazish uchun issiq suvdan yoki suv bo'g'idan foydalanish mumkin. Ochiq alangalanadigan usullardan foydalanish qatiyan man qilinadi.

3.3-§ Atrof muhitning kishi salomatligiga ta'siri

 

O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tashkiloti nizomida salomatlik «to'la jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holati» tarzida ta'riflanadi. Salomatlik- yuqori ijtimoiy faollik, mehnatni o'zlashtirish va uning samaradorligini oshirish, ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishning muhim asosi hisoblanadi. Salomatlik har bir inson baxt saodati, to'laqonli ijtimoiy foydali faoliyatning zaminida yotadi.  Haqiqatdan ham, salomatlik borasida g'amho'rlik qilish yuksak ijtimoiy qadriyatlardan biridir. Salomatliksiz inson ham, jamiyat ham o'z maqsadlariga erisha olmaydi. Mamlakatimizda salomatlik-yuqori ijtimoiy faollik, mehnatni o'zlashtirish va uning samaradorligini oshirish, ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishning muhim asosi hisoblanadi. Salomatlik har bir inson baxt saodati, to'laqonli ijtimoiy foydali faoliyatning zaminida yotadi.  Haqiqatdan ham, salomatlik borasida g'amho'rlik qilish yuksak ijtimoiy qadriyatlardan biridir. Salomatliksiz inson ham, jamiyat ham o'z maqsadlariga erisha olmaydi.

Mamlakatimiz ishlab chiqarish sanoat – korxonalari atrof-muhitining muhofazasi bo'yicha ishlab chiqiladigan  chora-tadbirlar rejasiga quyidagilar kiritilishiga alohida e'tibor qaratish lozim.

1. Sanoat-korxonalari ishchilarida ekologik ong va ekologik madaniyatni shakllantirish borasida yo'riqnamalarni tashkil etish.

2. Chiqitsiz ishlab chiqarish, ekologik sof texnologiya yaratish, havo va oqova suvlarni tozalash, erni rekultivasiya qilish (sun'iy yaratish), tuproq maxsuldorligini oshirish maqsadida yo'lga qo'yiladigan meliorasiya ishlarini kengaytirib borish.

3. Atrof – muhit o'simlik va hayvonot olamini himoya qilish bo'yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish  va hokazo.

4. Korxonada mavjud turli kimyoviy preparatlarning mutagen faolligini aniqlash, irsiy  kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqish.

Tabiatni asrash, ekologik muammolarga kompleks yondoshish, tabiat boyliklariga g'amxo'rona munosabatda bo'lish va tabiatdan foydalanish amaliyotiga ilmiy yutuqlarni tadbiq etish g'oyasi u yoqi bu shakllarda rivojlanib, hayotda o'z shaklini topgan.

Havoni ifloslantiruvchi moddalar ustaxonaning temirchilik, dvigatellarni ta'mirlash va chiniqtirish hamda payvandlash bo'limlaridan chiqadi.Bu bo'limlardan atmosferaga oltingugurt, azot, uglerodli birikmalar ajralib chiqadi.

Kollej o'quv ustaxonalarida suvlarni ifloslanishi ta'mirlashdan oldin detallar sirtlarini yuvib tozalash, texnikalarni bo'laklash, ta'mirlash va yig'ish ishlarida sodir bo'ladi. Bunda suvlar asosan, yonilg'i-moylash materiallari, mexanik qo'shimchalar (metall qirindilari) bilan ifloslanadi. Ayni paytda ustaxonalarda ishlatiladigan suvlardan atigi bir marta foydalaniladi. Bu suvlarni qayta ishlatish uchun suv tozalash reaktorlaridan  foydalanish lozim bo'ladi. Ma'lumki bitta texnikani yuvib tozalash uchun 800…900 litr suv sarflanadi. Buni kamaytirish uchun yangi tipdagi mexanizasiyalashgan, tejamkor va yuqori unumli yuvish mashinalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bundan tashqari ustaxonani suv bilan ta'minlash tizimi texnik jihatdan soz bo'lishi lozim.

O'quv ustaxonasi xududida tuproqni neft mahsulotlari bilan ifloslanishining oldini olish maqsadida quyidagilarni amalga oshirishni tavsiya etiladi:

- ishlatishga yaroqsiz barcha yonilg'i moylashmateriallarini regenerasiyalash va qayta ishlatish;

- yonilg'i–moylash materiallarini avtomatik dozirovkalash qurilmalari bilan jihozlangan er osti idishlarida saqlash;

- ustaxonadan oqib chiqadigan suvlarni filtrlar orqali o'tkazib, neft mahsulotlaridan tozalash.

Bulardan tashqari, atrof-muhit muxofazasini yaxshilash uchun o'quvchilar va ishchilar orasida o'quv-tarbiya ishlarini olib borish, tabiatni asrash bo'yicha ekologik bilimlarini davr talabalariga mos ravishda oshirib borish muhim ahamiyatga ega.

Avtomobillarda gaz ballonli uskunalarning qo'llanilish ayniqsa benzinning tarkibida uning oktan sonini oshirish uchun qo'llaniladigan tetretil qo'rg'oshinning bo'lishi bilan ham tavsiflanadi. Yongan gazlar tarkibida qo'rg'oshinning bo'lishi kishilar sog'ligiga keskin ta'sir qiladi. Bu holat shaharlarda ayniqsa seziladi.

Tetraetilqo'rg'oshinning qo'llanilish butun jahon sog'likni saqlash qumitasi tomonidan ham taqiqlanib qo'yilgan. Motor yonilg'isi sifatida suyultirilgan yoki siqilgan gazning qo'llanilishi bu holatga to'liq barham beradi. Ya'ni gazdan foydalanilganda hech qanday qo'rg'oshin yoki uning birikmalari hosil bo'lmaydi.

Shuningdek СO va NOx birikmalarining ham hosil bo'lish darajasi benzindan foydalanilganga nisbatan 2-3 barobar kamdir.

 

Категория: Turli mavzular | Добавил: azizjon_ibragimov (20.04.2016)
Просмотров: 1285 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar