Главная » Статьи » Turli mavzular

Muammoli metod va uning qo'llanilishi

 

Kasb hunar kollejlari o'quvchilarining fanni o'zlashtirish darajalari shu fanning mavzularini yoritishda qo'llaniladigan metodlar, uslublar va texnologik ketma ketliklar majmuasiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. Chunki ularning aynisa mutaxassis fanlari bo'yicha kasb egallashlari uchun qiziqishlari yuqori darajada bo'lib, oladigan nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalar darsni qanday olib borish, uning natijasida erishilgan ijobiy natijalar bilan belgilanadi.Keyingi vaqtda pedagog va psixologlar ta’lim berishning muammoli usuliga katta qiziqish bilan qaramoqdalar. Bu usulga kо‘ra bilimlarni о‘zlashtirish hamda malaka va mahoratlarini shakllantirish о‘quvchilarning mustaqil amaliy va aqliy faoliyati orqali amalga oshiriladi. Muammoli ta’lim berish usulidan foydalanilganda о‘quvchilar eslab qolish uchun tayyor bilimlarni olibgina qolmay, balki, mazkur bilimlarni mustaqil ravishda egallashni ham о‘rganadilar. О‘quvchilar aqliy faoliyatning sinchkovlik bilan chiqarilgan xulosalarni isbot qila olishlik hamda ularning tо‘g‘riligiga dalillar keltira bilishlik singari muhim xislatlari ham shakllanadi.

Muammoli ta’lim berish usuli о‘quvchilarni faolashtirishning muhim shaklidir. Uning asosiy elementlari muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, ularni yuzaga keltirish usullarini izlash, muammoni hal etish jarayoni va xulosalarning tо‘g‘riligini amaliy jihatdan tekshirish. О‘quvchilarning oldiga ularda qiziqish va uni hal etishga havas uyg‘otadigan vazifa qо‘yiladi, biroq ularning bilim va tajribalari yetarlicha emasligi ma’lum bо‘ladi. О‘quvchilar vujudga kelgan vaziyatdan chiqish yо‘lini izlashga bо‘lgan ichki extiyojini his etadilar. Mavjud ahvolni tahlil qilishga, izlanishga undaydi. Bilishgi oid yoki amaliy vazifa bilan jadal fikrlash faoliyatiga sabab bо‘luvchi о‘quvchilarning bilim darajasi о‘rtasida qarama-qarshilik vujudga keladi.

О‘quv ishlari tajribasi muammoli usulni uch bosqichga bо‘lish maqsadga muvofiq ekanligini kо‘rsatadi.

I-bosqich. Qо‘yilgan muammoni о‘qituvchining о‘zi hal etadi, chunki uni mustaqil ravishda hal etish uchun о‘quvchilarda hali bilim ham, malaka ham yо‘q. Bu bosqich ko'pinchalik dars boshlanishiga to'g'ri keladi.

2-bosqich. Muammoni hal etishga о‘quvchilar jalb qilinadi. Ular yechimning ba’zi elementlarini mustaqil ravishda bajaradilar.

3-bosqich. Butun vazifa yoki muammoni о‘qituvchi rahbarligida о‘quvchilar hal etadi.

Quyida ichki Siqilgan gazda ishlaydigan gaz balonli uskunalar tuzilishi, avtomobilga o'rnatilishi va ishlash prinsiplarini o'rganish bo'yicha muammoli ta’lim berish elementlari bo‘lgan dars namunasi keltiramiz.

Dars mavzusi: “Siqilgan gazda ishlaydigan gaz ballonli uskunalar”

      Darsda hal qilinadigan muammo. Avtomobilda gaz ballonli uskunalarning qo'llanishi zaruratini, ularning tuzilishi va ularga texnik xizmat ko'rsatish jarayonlarini tahlil qilish. Keyingi brsqich rivojlanishlari to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lish.

Siqilgan gazda ishlaydigan gaz ballonli uskunalar avtomobilni tabiiy gazdan olinadigan propan-butan yoki metan gazlari bilan motor yonig'isi sifatida ta'minlash uchun xizmat qiladi.  Ayniqsa bu holat hozirgi jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida muhim ahamiyatni kasb etadi. Chunki avtomobilda benzinning qo'llanilishi uning tannarxi qimmatligi, neft zahiralarining cheklanganligi, uni qayta ishlash jarayoni murakkabligi va benzinning tarkibiga inson salomatligi uchun zararli bo'lgan tetraetil qo'rg'oshinning qo'shilganligi va boshqa shu kabilar izohlanadi.

Darsda muammoni shakllantirishni o'quvchilar ishtirokida tahkidlanadi. Buning uchun o'quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

  • Gaz ballonli uskunalar nima uchun xizmat qiladi?
  • Tabiiy gazning qo'llanilishi havfli emasmi?
  • Gaz avtomobilning zaruriy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini ta'minlab bera oladimi?
  • Gaz uskunalarini avtomobilga o'rnatish avtomobilning tannarxiga ta'sir qilmaydimi?

O'quvchilar keltirilgan savollarga o'zlarining bilim darajalari va hayotda ko'rgan eshitgan fikrlari orqali javob beradi. O'quvchi javoblarga to'g'ridan-to'g'ri yondoshmasalarda umumiy holda o'z fikrlariga ega bo'lib ularni keltiradi. Yoki javobni boshqacharoq ma'noda aytsinlar. O'qituvchi o'quvchilarning javoblarini va bildirgan barcha fikrlarini tartibga soladi va talabalarga murojaat qilgan holda quyidagi savollar va fikrlarni keltirishi mumkin:

«Shunday qilib, sizlar qo'yidagilarni aytdingiz…». Agarda o'quvchilar savollarning javoblarida to'liqlikga erishmagan bo'lsalar, yordamchi savol berib, oydinlashtirish mumkin. Darsda umumiy muammo qo'yiladi.

Avtomobillarda gaz ballonli uskunalarning qo'llanilishi va uning ishlashi priinsiplari muammosini hal etish uchun nimalarni aniqlash lozim, savolga taklif mulohazalar bildirilishi mumkin, ammo muammoning to'liq ifodalanishiga umid bog'lash kerak emas. O'quvchilar diqqatini jalb etgan holda o'qituvchi muammoni ifodalab berishi lozim.          

Masalan: Siqilgan gazlarda ishlaydigan avtomobillarda qo'llaniladigan uskunalarning qo'llanilishi, tuzilishi, havfsiz ishlash jarayoni va unga texnik xizmat ko'rsatishni  hal etish uchun qo‘yidagi muammolarni yechish zarur:

- gazdan motor yonilg'isi sifatida foydalanish zaruratlari;

- gaz ballonli uskunalarning avtomobillarda qo'llanilishi imkoniyatlari;

- uskunalarning tuzilishi va uni tashkil etuvchi qismlar, ularning avtomobilda joylashuvi tartiblari;

- uskunalarning qo'llanilishi texnik-iqtisodiy ahamiyati;

- uskunalarning havfsiz ishlashini ta'minlash jarayonlarining tashkil etilishi;

- uskunalarga texnik xizmat ko'rsatish va ularning standart avtomobillardan farqlari va shu kabilar.

Birinchi muammoning hal etilishi. Gazdan avtomobil yonilg'isi sifatida foydalanish zarurati muammosini o'rganishda gazning arzonligi va zahiralari ko'pligi, benzinga nisbatan ekologik jihatdan toza ekanligi va avtomobillarda qo'llaniilishi uchun maxsus uskunalardan foydalanish zarurligi kabilar ko'rgazmali qurollar va slaydlar yordamida keltiriladi. Gaz ballonli uskunalarning qo'llanilishi zarurati va undagi muammolar belgilab olinadi. Tezkor savollar bilan murojaat qilinadi: Gaz foydalanilagnda detonasiya bo'ladimi? Hozirgi paytda benzin va gazning tannarxi qancha; Qo'yiladigan uskuna iqtisodiy jihatdan samara beradimi? Uskunalarning konstruksiyalari qanday bo'lishi kerak? Uskunalar avtomobilga qanday o'rnatilsa ma'qul bo'ladi?

Ushbu savollarga o‘quvchilarning qo‘yidagi tarzda javob berishlari talab qilinadi: Metan va propan-butan aralashmalarining benzinga nisbatan arzonligi va respublikamizda gaz zahiralarining ulkan darajada ekanligi, gazda oktan soni yuqoriligi va detonasiya sodir bo'lmasligi, gazning benzindan 2-3 barobar arzonligi, avtomobilning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari ta'minlanishlari, benzin dvigatellariga gaz ballonli uskunalarni qo'yish mumkinligi va ularning ketma ket ishlashi sharoiti borligi, Uskuna iqtisodiy jihatdan to'liq o'zini qoplashligi, konstruksiyalarning tuzilishi, uskunaning avtomobillarda qo'llanilishi davr talabi ekanliklari. Endi uskunalarning avtomobillarga o'rnatilishi va tuzilishlarini, uskunalarning qanday shaklda tayyorlangan turli variantlarini bevosita taqqoslash va namoyish etish yо‘li bilan kо‘rib chiqamiz.

         Gaz ballonli uskunalarning hozirgi paytda 4 ta avlodi jahonda engil va yuk va boshqa turdagi ixtisoslashgan avtomobillarda qo'llanilmoqda. Barcha turdagi avtomobillarda gaz ballonlari avtomobilning havfsiz joyiga o'rnatiladi. Gaz ballonli uskunalar suyultirilgan va siqilgan gazlarda ishlaydi. Siqilgan gazlarda ishlaydigan uskunalar suyultirilgan gazda ishlaydigan uskunalarga nisbatan (asosan gaz balloni) og'ir bo'lganligi uchun yuk avtomobillari va avtobuslarda keng qo'llaniladi.

Gaz ballonli uskunalar uchun ahamiyatli bo'lgan qismlar - gaz balloni, multiklapan, yuqori bosimli gaz magistrali, chiqarilgan yonilg'i quyish qurilmasi; gaz elektromagnit klapan-filtr; reduktor-bo'g'latgich; dozator; gaz-havo aralashtirgich; benzin elektromagnit klapani; “gaz-benzin” qo'shgich.

         O‘quvchilar o‘qituvchining topshirig‘i bo‘yicha gaz ballonli uskunaning soddalashtirilgan sxemasini chizadi. Mazkur sxemada ular chizgan sxema yordamida qismlarning o'zaro joylashuvlari va ularning ketma ketligi, quvurlar orqali bog'lanishlarning to'g'riligi aniqlashtirilgandan keyin o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilgan tizimlar va ularni sxemada yoritilishiga bo'lgan talablar asoslarida qo‘yib chiqadilar. Uskunaning asosiy qismlaridan biri gaz balloni hisoblanadi. Uning funksiyasi, materiali, ishlash prinsipi o'rganiladi. Ballondagi gaz bosimlari va uni to'ldirishdagi qiymatlari tushuntiriladi. Suyultirilgan va siqilgan gazlar uchun qo'llaniladigan gaz ballonalri ularning bir biridan farqi, gaz ballonlarining turlari va bajarilishi konstruksiyalari aytilib silindrik va toroid ballonlarning sxemasi doskada chiziladi.

Keyin multiklapan va uning vazifasi; yuqori bosimli gaz magistrali va undagi bosim qiymatlari, hamda ularnitayyorlash uchun materiallar; chiqarilgan yonilg'i quyish qurilmasi, uning joylashuvi va ulanishi joylari; gaz elektromagnit klapan-filtr va uning vazifasi; reduktor -bo'g'latgichning asosiy funkiyalari va ishlash prinsiplari; gazni taqsimlab uzatish uchun dozator; gaz—havo aralashtirgich va uning aralashmani hosil qilish sxemasi; benzin elektromagnit klapani va uning vazifasi; “gaz-benzin” qo'shgichni ishlatish jarayonlari va shu kabilar tushuntiriladi.

Endi gaz ballonli uskunalarda va ularning qismlarida sodir bo’ladigan nosozliklarini aniqlashga  tо‘xtalamiz.

Gaz ballonining armaturadan qo'zg'alishi bo'lishi va uni mahkamlab qotirish, gaz ballon yuqori bosimli reduktoridan gaz chiqishi ehtimolliklari va uni bartaraf etish usullari, gaz quvurlarida gaz oqimining tiqinlar hosil qilmasligi uchun filtrlar ishlashi va ularni nazorat qilib turish kapot ostida gaz hidi paydo bo'lishi va uni aniqlash hamda bartaraf etish usullarini tushintirish lozim.  

Mavzuni o'zlashtirishda berilgan muammoni hal etish bo‘yicha o‘tkazilgan mashg‘ulot gaz ballonli uskunalar tizimiga amaliy yondashish uning tuzilishi va unda uchraydigan nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bilan tugallanadi.

        Olingan natijani tahlil qilish. Avtomobillarda gaz ballonli uskunalarning qo'llanilishi, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplari, uskunalarga texnik xizmat ko'rsatishga zaruriy va murakkab ishlar nuqtai nazaridan qaramoq lozim.

Talaba  uskunalarning qo'llanilishi, uning tarkibiy qismlari, ishlash prinsipi, sodir bo'ldaigan nosozliklar, doimiy nazorat qilib turiladigan ishlar, tizimda uchraydigan nosozliklar va ularni bartaraf etish usullarini bilishi lozim.

Mana shu barcha masalalar yuzasidan qo‘yidagi tarzda muammoli vaziyatlar tuzish mumkin:

  1. Yengil avtomobillarga metanli gazballonli uskunalarni qo'yish mumkin lekin ular suyuqlikda ishlaydigan uskunalarga nisbatan ohirroq. Siz nima deb o‘ylaysiz? Bu turdagi uskunalar qaysi engil avtomobillarga o'rnatish mumkin? Barcha turdagi engil avtomobillarga o'rnatish uchun nima ishlarni amalga oshirish kerak? Sizning fikringiz? Fikringizni to'laroq bayon eting?
  2. Jahon iqtisodiy inqirozi davrida avtomobillarda gaz ballonli uskunalarning qo'llanilishi qanday samaralar beradi? Bu haqda sizning fikringiz qanday? Respublikamizdagi buborada amalga oshirilayotgan ishlarga izoh bering? Fikrlaringizni to'ldiring? Yana qanday qo'shimchalar qilishingiz mumkin? Sizning shaxsiy fikringiz?
  3. Yengil avtomobillarda gaz ballonli uskunalardan foydalanishda qanday havflar yuzaga kelish mumkin ularning oldini olish usullari mavjudmi? Uskuna ishonchli ishlashini ta'minlashning ta'minlashni ayting? Fikringizni oydinlashtiring? Yana qanday qo'shimcha fikrlaringiz bor?
  4. Gaz ballonli uskunalarning keying avlodlarini yaratish ko'zda tuilganmi? Agar ko'zda tutilgan bo'lsa qaysi jihatlarga e'tibor beriladi. Gaz balloni massasini engillashtirshi mumkinmi? U holda qanday materiallardan foydalanish mumkin? Uskuna qismlarini yanada soddalashtirish imkoniyatlari majudmi? Fikringizni misollar orqali yoriting?

 Radiatorga kelib tushgan suyuqlikni sovishi qiyinlasha boshladi. Buni shamol parragining buzuqligi oqibati desa bо‘ladimi ?

Endi  shunday axborotga ega bо‘lgan holda о‘quvchilarni keng jalb qilib, berilgan izlanish vaziyatlarini hal etishga о‘tamiz. Shundan keyin darsda qо‘yilgan asosiy muammolar hal etildi deb hisoblasa bо‘ladi.

О‘quvchilarning о‘quv jarayoniga tadqiqotlar usulini, muammoli va dasturlashtirilgan ta’lim berishni, о‘quvchilar yakka tartibda ishlashini turli kо‘rinishlarini keng tadbiq etishga asoslangan  aktiv mustaqil faoliyat jarayonida egallagan bilimlari eng chuqur va mustahkam hisoblanadi.

O'quvchi mavzuni o'zlashtirish orqali uning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, kelajakda amalga oshirilish zarur bo'lgan asosiy muammolar, hamda uskunalarning ishonchli ishlashini ta'minlab beruvi omillar to'g'risida tushuncha va bilimlarga ega bo'ladi.

Muamoli vaziyatni keltirib chiqarish va hal etishda o'qituvchi asosiy vazifani bajaradi. O'quvchining shaxsiy fikrlari, guruhning fikri va olgan tushunchalarini to'g'ribaholab boradi va bu haqda o'quvchilarga etkazib turadi. Bilimlarni nazorat qilishda “Blis-so'rov”, insert jadvali, pinborl metodi va boshqa bir qancha usullardan foydalanish mumkin.

Mavzuni o'zlashtirishda qo'llanilgan barcha muammoli metodlarning natijasida o'quvchining mazkur mavzu bo'yicha nazariybilimlari va amaliy ko'nikmalari bilan birqatorda ilmiy soviyasi va gaz ballonli uskunalar to'g'risida ilmiy dunyoqarashlari shakllanadi.

Ayniqsa hozirgi jahon iqtisodiy inqirozi davrida ishlab chiqarishni modernizasiya qilish inqirozga sarshi tadbirlardan biri ekanligi avtomobillarning arzon gaz yonilqisi ilan ta'minlashda gaz ballonli uskunalarning o'rni katta ekanligini tushunib oladilar.

Категория: Turli mavzular | Добавил: azizjon_ibragimov (20.04.2016)
Просмотров: 4400 | Рейтинг: 3.5/2
Всего комментариев: 0
avatar