Главная » Статьи » Turli mavzular

Muammoli ta'lim texnologiyasi

Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur.

         Bugun jamiyat ta'lim maskanlari oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo'ydi.

         Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta'lim texnologiyasi etakchi o'rinni egallaydi.

         Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash jarayoni (tahlil, umumlashtirish va boshqa shu kabilar) va o'quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehqtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o'qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo'llash qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq o'quvchi fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holda muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi.

         Muammoli ta'lim nazariyasi o'quvchi intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta'limni tashkil qilishning psixologik – pedagogik yo'llari va usullarini tushuntiradi.

         Muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash o'quvchi faol fikrlash faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini izchil ravishda hisobga olish asosida o'quv jarayonini qayta qurish g'oyasiga olib keldi. Yangi pedagogik faktlarni nazariy jihatdan mulohaza qilib ko'rish asosida muammoli ta'limning asosiy g'oyasi aniqlanadi: muammoli ta'limda bilimning deyarli katta qismi o'quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o'quvchilarning tomonidan muammoli vaziyat sharoitlarida mustaqil bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi.

Ma'lumki, shaxsning har tomonlama va garmonik rivojlanishining muhim ko'rsatikichi – yuqori darajada fikr yuritish qobiliyatining mavjudligidir. Agar ta'lim ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga olib borsa, u holda uni so'zning zamonaviy ma'nosida rivojlanuvchi ta'lim deb hisoblash mumkin.

         Rivojlanuvchi ta'lim deb, ya'ni umumiy va maxsus rivojlanishga olib keladigan shunday ta'limni hisoblash mumkinki, unda o'qituvchi fikr yuritishning qonuniy rivojlanishni bilimga tayangan holda, maxsus pedagogik vositalar yordamida o'z o'quvchilarini fan asoslarini o'rganish jarayonida fikrlash qobiliyati va bilish ehtiyojini shakllantirishga oid maqsadga yo'naltirilgan ish faoliyatini olib boradi.

         O'qitish jarayoniga muammoli o'qitish texnologiyasini qo'llash uchun o'qituvchi quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:

  1. O'quv dasturi bo'yicha mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini;
  2. Mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik prinsiplariga amal qilish;

O'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish yo'llarini belgilash zarur.

Категория: Turli mavzular | Добавил: azizjon_ibragimov (20.04.2016)
Просмотров: 11627 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar