Главная » Статьи » Turli mavzular |
Kollej o'quv ustaxonalarida o'quvchilarning berilgan ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish jarayonida shikastlanish va boshqa turli kasalliklarini oldini olish davlat miqyosidagi ijtimoiy-iqtisodiy maslalardan biri hisoblanadi. Kollej o'quv ustaxonalarida ta'mirlash ishlarini bajarishda turli xil omillar ta'sirida jarohatlanish hollari ro'y beradi. Bu kabi xavfli omillarni yuzaga kelishi texnologik jarayonning xarakteriga, ish jihozlarining konstruksiyasiga, mehnatni tashkillashtirish darajasiga va shu kabi bir qancha omillarga bog'liq bo'ladi. Ustaxonalarda mehnat muxofazasi tadbirlarining o'z vaqtida uzluksiz amalga oshirilib borilishi, sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishga, ish unumdorligini oshirishga va natijada ishlab chiqarish mahsulot miqdorini ko'payishiga erishiladi. Ustaxonada yuz beradigan har qanday baxtsiz hodisaga o'qituvchi, ustaxona o'quv ustasi va texnika xavfsizligi bo'yicha mas'ul shaxs bevosita javobgar hisoblanadilar. Ustaxonalarda qonun asosida mehnatni muhofaza etish masalalarini hal qilish maqsadida, har yili o'quv ustasi mehnat muhofazasi bo'yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqib tasdiqlaydi va rejaga muvofiq tadbirlarni amalga oshiradi. Kollej ustaxonalari ta'mirlash bo'limlarida mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarga quyidagilar e'tiborga olinishi lozim: - mehnat sharoitini umumiy yaxshilash chora tadbirlari. Bunga mehnatni muhofaza qilish masalalarini yorituvchi ko'rgazmali xonalar, burchaklar tashkil qilish, ish joylarini unumli yoritish va himoya to'sinlari bilan ta'minlash, maxsus echinish, yuvinish, kir yuvish, kimyoviy tozalash xonalarini tashkil etish kiradi; - baxtsiz hodisalarning oldini olish chora-tadbirlari. Bularga zaharli va engil alangalanuvchi suyuqliklarni saqlash jarayonlarini mexanizasiyalashtirish, himoya moslamalari, to'siqlar, avtomatik himoya vositalari, signal moslamalari, boshqarish asboblarini va yong'inga qarshi shitlarni o'rnatish kabilar kiradi; - ustaxonada kasb kasalliklari oldini olish chora-tadbirlari. Unga o'quvlarni zararlar ta'siridan himoyalovchi shaxsiy himoya vositalari, xonalarni sun'iy shamollatib turish moslamalarini o'rnatish hamda ishlab turgan moslamalarni o'z vaqtida ta'mirlash, havo tarkibini tekshirish hamda nazorat o'rnatish uchun asbob-uskunalar o'rnatish kabilar kiradi. O'quv ustaxonalarida mehnatni muhofaza qilish bo'yicha maxsus jihozlangan xonalarni tashkil etish va vaqti-vaqti bilan bu xonalarda targ'ibot ishlari olib borilishi maqsadga muvofiq. O'quvchilarining berilgan topshiriqlarni bajarishida ularga texnika xavfsizligi bo'yicha o'z vaqtida joriy yo'riqnomalarni berib borish. O'quv ustaxonalarida o'quvchilarga topshiriqlar bajarishda belgilangan muddatlarda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilib borishni yo'lga qo'yish lozim. Ish joyida yo'riqlantiruv usta yoki sardor tomonidan o'tkaziladi. Bunda o'quvchi bajaradigan vazifasi, ish joyi xususida texnika xavfsizligi yo'rig'i bilan tanishadi. Yo'riqlantiruvdan o'tgan o'quvchi doimiy nazoratda ish bajaradi. Yo'riqlantiruvdan o'tmagan o'quvchilar mashg'ulotga qatnashishga yo'l qo'yilmaydi. | |
Просмотров: 3066 | |
Всего комментариев: 0 | |