Главная » Статьи » Turli mavzular |
Ma’lumki, iqtisodiy rivojlanishning dunyodagi barcha davlatlar uchun umumiy qonuniyatlari mavjud bo’lish bilan birga, u yoki bu mamlakatning jo’g’rofiy joylashuvi, tabiiy sharoiti, iqlimi, aholisi, tabiiy resurslari vo boshqa ko’plab omillar ta’sirida iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari turlicha bo’ladi. Jahon Turistik Tashkilotining turizmni barqaror rivojlantirish konsepsiyasiga ko’ra: “Turizmning barqaror rivojlanishi kelajak uchun imkoniyatlarni saqlab turish va yaxshilab borish davri mobaynida hozirgi paytda turistlar va ularni qabul qiluvchi hududlar ehtiyojlariga javob beradi. Bu barcha resurslarni boshqarishning shunday yo’nalishiki, uning natijasida iqtisodiy, ijtimoiy va estetik ehtiyojlar madaniy qadriyatlarning, ekologik jarayonlarning, biologik xilma-xillikning hayot faoliyatini qo’llab-quvvatlash tizimini saqlab qolinishi bilan birga qondirilib boradi”. Demak, turizmning barqaror rivojlanishi tabiat, madaniyat va inson omilini birlashtirib atrof-muhit muvozanatini saqlaydi. Barqaror turizm tamoyilini anglash va rivojlantirishga mahalliy aholining tabiiy resurslarni tejashi va muhofaza qilishi xizmat qiladi. Bu esa ekologik turizmni turizm sohasida muhim o’rin egallashidan dalolatdir. Ekologik turizm tushunchasini ko’rib chiqsak, ekologiya − tirik organizmlar va ular jamoasinig o’zaro hamda atrof muhit bilan munosabatini o’rganadi. Turizm esa jismoniy shaxsning doimiy yashash joyidan farqli joyga dam olish, sog’liqni tiklash, o’rganish va boshqa maqsadda, haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmaslik sharti bilan 1 sutkadan 1 yilgacha bo’lgan muddatda sayohat qilishidir. Ekoturizm tabiiy muhitga, tabiatga ziyon yetkazmagan holda sayohat qilib uning betakror joylaridan zavq olish uchun atrof-muhitga “yumshoq” ta’sir etish, mahalliy xalqning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini faollashtirishdir. Ekoturizmni maqsadiga ko’ra bir necha tarmoqqa bo’lish mumkin:
Sayyoramizda inson faoliyati natijasida zarar yetkazilmagan yovvoyi tabiat maskanlari kam qolganligi sababli bunday hududlarga sayohat qilish cheklangan va ularning narxi ham yuqori. O’ zbekistonda esa ekoturizmning bu yo’nalishi hali yaxshi rivojlanmagan. O’zbekiston hududining ma’lum qismi cho’l zonasiga to’g’ri keladi. U yerlarda “qora uy”lar va boshqa shroitlar yaratib, turlar tashkil etish mumkin. Ekologik inqirozga yuz tutgan Orol dengiziga ham maxsus ekoturlarni tashkil etish mumkin. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o’txo’r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar, 83 ta baliq turlariga ega. O’zbekiston flora dunyosida 4100 dan ortiq o’simlik turlari mavjud. Ularning 9 %i endemik, ya’ni aynan shu hududda o’sadigan o’simliklardir. Demak, O’zbekistonda noyob hayvonot va o’simlik dunyosi bilan tanishtiradigan maxsus turlar ishlab chiqish imkoniyati mavjud. Agro-turizmga to’xtaladigan bo’lsak, qishloq joylarida o’ziga xosliklar: tandirda non yopish jarayoni, “xo’roz jangi”, qovun sayli, hosil bayrami, sumalak sayli va hokazo urf-odatlarni o’z ichiga olgan ekoturlar sayyohlar tomonidan katta talabga ega bo’lishi mumkin. Ilmiy-ekologik ekskursiyalar, ya’ni bilishga qaratilgan ekoturlar tarixiy yodgorliklar hamda dunyoda kam uchraydigan arxeologik topilmalar, paleontologik qoldiqlarni o’rganish uchun qilinadigan sayohatlardir. Buxoro viloyati Shofirkon tumanida joylashgan ham tabiiy, ham tarixiy yodgorlik hisoblangan Vardonze potensial ekoturistik obyekt sanaladi. Ushbu obyektda zarur infratuzilma tahkil etilsa, turist nazaridan chetda qolmaydi. Sog’liqni tiklashga qaratilgan ekoturlar ham mavjud bo’lib, Jizzax viloyatidagi Zomin salomatlik markazi shifobaxsh ob-havosi bilan, Buxoro tumanidagi issiq suv salomatlik markazi yer ostidan 60˚C dagi suv chashmasi bilan xalqqa ximat qilmoqda. Buxoro viloyati Olot tumanida mavjud tuz bilan davolash maskanini ham potensial ekoturistik obyektga aylantirish mumkin. Tabiiy quyosh energiyasidan foydalangan holda ekologik sof mahsulotlarni yetishtirish, tabiiy, vitaminlarga boy juvoz yog’i tayyorlanish jarayoni, undan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari taklifi shakllantirilsa, potensial talabga ega bo’ladi. Umuman olganda, O’zbekiston ekoturizmni rivojlantirish uchun barcha resurslarga boy va bu jihatdan dunyoda 15-o’rinda turadi. Respublikamizda tashkil etiladigan ekoturlar quyidagi tamoyillarga amal qilishi darkor:
| |
Просмотров: 3115 | |
Всего комментариев: 0 | |