Главная » Статьи » Turli mavzular |
Realist bo'lishimga qaramasdan ba'zi-ba'zida xayol surishni yaxshi ko'raman. Yaxshi kino ko'rsam yoki yaxshi kitob o'qisam, ba'zida shunchaki xayol sursam faylasuf bo'lib ketaman go'yo. Xayollarim meni har tomonga olib ketadi, o'z hayotim, o'zligim qolib atrof-muxit, odamlar, insoniyat, hayot haqida o'ylayman. Bugun nimagadir bizning hayotdagi, insoniyat hayotidagi rolimiz haqida falsafa surgim keldi. Bilasizmi? E'tibor berib qarasak, biz mustaqil odamlarmiz. O'z hayotimizni yashayapmiz, boshqalar kabi ishlayapmiz, tirikchilik qilyapmiz, yashayapmiz va bir kun kelib bizdan oldingi odamlar kabi ko'z yumamiz. Biz ham boshqalar kabi unut bo'lamiz. Lekin, bilasizmi, biz hayotda shunchaki yashab o'lib ketmasligimiz kerak. Odamzot yaratilgandan beri u ushbu dunyoni, insoniyatni taraqqiy qilishi uchun hissasini qo'shib kelgan va biz bugun foydalanib turgan, yashab turgan zamon, undagi keng qulayliklar bizgacha yashagan insonlarning insoniyat uchun qo'shgan hissasi mahsulidir. Shularni o'ylab turib xayolimga kelgan fikr bo'lsa shu bo'ldi. Odam bo'lib tug'ildikmi, bugun zamonda yashab turimmizmi biz hayotda nimadir yaratishga, insoniyat hayotiga nimadir hissa qo'shishga, nimadir o'ziga xos narsa qilishga majburmiz. Biz shunchaki tug'ilib, o'sib, turmush qurib, tirikchilik, uy va to'y qilib o'lib ketmasligimiz kerak. Biz kundalik va jamiyat bizga majburdan tiqishtirgan hayot standartlaridan chiqib yashab turgan dunyomizni o'zgartirish uchun, taraqqiy qildirish uchun o'zimizdan iz qoldirish uchun nimadir qilishimiz kerak. Ushbu nimaning nimaligini men bilmiyman. Hamma uchun bu har xil narsa bo'lishi mumkin. Lekin, dunyoga keldikmi, demak shunchaki inson nomli jonivorni davomiyligini ta'minlab o'tib ketmasligimiz kerak. Parvardigor bizga eng oliy ongni berganki, ushbu ongdan foydalanib nimadir qilishimiz, bizdan keyingi avlodning kelajagiga hissa qo'shishimiz, hayotda o'ziga xos nimadir qilishimiz kerak. Xo'sh, siz o'zizga hech savol berganmisiz? Men bu hayotga nima uchun keldim?
Firuz Allaev Manba: milliard.uz/view.php?id=266 | |
Просмотров: 1860 | |
Всего комментариев: 0 | |