Главная » Статьи » Turli mavzular |
Tub islohotlarni amalga oshirish, bozor munosabatlarini shakllantirish eng avvalo xodimlarning iqtisodiy bilimiga bog‘liq. Bozor munosabatlariga o‘rgatadigan iqtisodiy ta’lim tizimlarining xalqaro andozalari va modellari mavjud. Ular 1996 yili YuNESKO tomonidan e’lon qilingan «Jahondagi oliy ta’lim tizimlari ma’lumotnomasi»da o‘z ifodasini topgan. Uzluksiz iqtisodiy ta’limni jahon andozalari darajasiga ko‘tarish ham konsepsiyaning muhim jihatlaridan hisoblanadi. Bu quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
Bu jarayonda bo‘lajak mutaxassislarni xorijiy tillarga, birinchi navbatda ingliz tiliga o‘rgatish alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda nafaqat ta’lim tizimini, balki ta’lim xizmatini tubdan isloh qilish zarurati tug‘ilgan. Uzluksiz iqtisodiy ta’lim deganda, ta’limning davomiyligini tushunish kerak. Bu tizimning mohiyati bugun kollejni tugallagan talaba universitetga kirishi shart, degan ma’noni keltirib chiqarmasligi lozim. Bu yerda gap boshqa maqsad to‘g‘risida ketmoqda: bir ta’lim bosqichini tugallab, ma’lum ixtisoslikni egallagan talaba ko‘z o‘ngida yuqoriroq, o‘zi egallagan malaka va darajadan yuqoriroq ta’lim muassasasi turishi kerak. O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi masalalarni hal etmoq zarur: 1. oliy maktab ixtisosliklari uchungina taalluqli hisoblangan bilimlar, ko‘nikma va malaka mezonlarini aniqlash; 2. amaliy yondashuv va mehnat taqsimoti nuqtai nazaridan bu bilimlar ko‘nikma va malakali klassifikasiya tamoyillarini belgilash; 3. mavjud ixtisosliklar ro‘yxati to‘laligini tekshirish; 4. mutaxassisliklar tayyorlashning aniq darajasini belgilab qo‘yish: bakalavr, diplomli mutaxassis, magistr, qayta tayyorlash va malaka oshirish, aspirantura, doktorantura. 5. O‘zbekiston iqtisodiy ta’limining xorijiy mamlakatlar iqtisodiy ta’limi bilan integrasiyalash imkoniyatlaridan kelib chiqib, sohalar va ixtisosliklar ro‘yxatiga aniqliklar kiritish va boshqalar.
| |
Просмотров: 1379 | |
Всего комментариев: 0 | |