1. Ertangi kuningizni bugun rejalashtiring. Uyqu oldidan ertangi kunni rejalashtirish maqtovga loyiq, lekin hech narsani unutmaslik uchun yaxshisi yozib qo`ygan ma`qul. Yozayotgan daftaringizni ikkiga bo`lib ishlaringizni muhimligiga qarab ajrating. Birinchi navbatda kechiktirib bo`lmaydigan ishlaringizni yozib oling. Ikkinchi bo`lib esa uncha muhim bo`lmagan boshqa kunga ko`chirilishi mumkin bo`lgan ishlarni yozing.
2. Rejalashtirilgan ishlaringizni katta qismini kunning birinchi yarimida qilib olishga harakat qiling. Shaxsiy ishlaringizni tushlik vaqtidan foydalanib hal qilib oling. Kechquringa magazinga xaridga yoki sartoroshhonaga chiqish uchun ozroq vaqt ajrating.
3. Extiyot shart g`amlab qo`ygan narsalaringizni tugashini kutmasdan tez-tez tekshirib (to`ldirib) turing.
4.Tamirlash. Buzilgan ko`chib ketgan, yertilgan narasalaringizni darhol tuzating.
5. Narsalarni joy-joyiga qo`ying. Foydalanib bo`lgan buyumlaringizni o`z joyiga qo`yib qo`ying, bu tartibsizlikni oldini oladi.
6. Buyumlarni aniq joylarda saqlang. Masalan: barcha hujjatlarni bitta papka yoki karobkada, kvitansiya va cheklarni birgalikda aniq va ma`lum bir joyda saqlang.
7. Keraksiz buyumlardan xolos bo`ling. Eski buyumlar sizga faqat ortiqcha chang va tartibsizlikni olib keladi.
8. Vaqtida uxlashga yoting, sport bilan shug`ullaning va to`g`ri ovqatlaning!
Manba: http://milliard.uz/view.php?id=262&menu=6
|