Главная » Статьи

Всего материалов в каталоге: 1239
Показано материалов: 1-10
Страницы: 1 2 3 ... 123 124 »

Bozor iqtisodiyotida turli mulkchilikka asoslangan minglab korxonalar faoliyatini tasavvurga sig’dirish qiyin emas. Korxonalar faoliyatini u yoki bu darajadagi boshqaruvini tashkil etish, shu korxona rahbarining boshqaruv qobiliyatiga bog’liq. Uning qobiliyati esa menejment sohasidagi bilimlarni qanchalik darajada egallanganligi bilan o’lchanadi. Shu nuqtai nazardan menejment so’zi bizning hayotimizda bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq kirib kelgan so’zlar qatoridan joy oldi.

Iqtisod va Moliya | Просмотров: 8087 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 06.01.2017

Bizni o'rab turgan borliqni o'rganish usullari fanning uslubiyotini tashkil etadi. Boshqa fanlar kabi «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanining uslubiy asosini ilmiy tafakkurning dialektika usuli tashkil etadi. Dialektik usul hamma hodisalar va jarayonlar doimiy o'zgarishda va ozaro bog'liqlikda rivojlanadi, biri ikkinchisini keltirib chiqaradi deb tushuntiradi. Dialektik usul rivojlanish jarayonini oddiy o'sish jarayoni deb emas, balki oddiylikdan murakkablikka, miqdor o'zgarishlaridan sifat o'zgarishlariga o'sib o'tuvchi murakkab jarayon deb baholaydi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, korxonaning hozirgi darajasi mutlaq emasligini, ma’lum sharoitlar o'zgarishi bilan o'zgarib turishi, hamma ishlab chiqarish tarmoqlari va omillari ozaro bogliqlikda harakatlanishini tushunib yetishi kerak. Masalan, chorvachilik tarmog'i dehqonchilikka bevosita bog'liqligini, o'z navbatida chorvachilik tarmog'i dehqonchilik tarmog'ining rivojlanishiga ta’sir etishini tushunib yetish lozim.

Iqtisod va Moliya | Просмотров: 3707 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 06.01.2017

Qishloq xo’jaligi asosiy maqsadiga erishishi uchun turli xildagi mahsulotlar etishtiriladi, ishlar, xizmatlar bajariladi, ular talabni qondirish maqsadida taqsimlanadi, sotiladi. Korxonalar, birlashmalar, tarmoqlar (tuman, viloyat, respublika) miqyosida kechayotgan bu jarayonlar erkin bozor munosabatlari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Ularni nazariy va amaliy jihatdan talab darajasida hal etish uchun respublikada tub islohotlarni amalga oshirish zarur.

Iqtisod va Moliya | Просмотров: 5925 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 06.01.2017

O’zbekiston Markaziy Osiyoning qulay xududida joylashgan. Uning hududida azaldan insoniyat uchun nihoyatda kerakli hisoblangan turli xildagi qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarildi. Chunki bu hududda tabiiy-iqlim sharoitlar yetarlidir. Jumladan, Respublikada yillik samarali temperatura 26-30° ni tashkil etib, quyoshli soat 3600 dan ortiq bo’lib, bir yilda birnecha marta hosil olish imkonini beradi. 

Iqtisod va Moliya | Просмотров: 9761 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 06.01.2017

Agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar tarmoq hamda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta hissa qo’shmoqda. Bu haqda respublika 1-Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatning qo’shma Majlisidagi ma’ruzasida quyidagi fikrlarini bildirganlar. “Avvalambor, iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi... Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish o’ajmi o’tgan yili 10,1 foizga oshdi... Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish tizimi tubdan o’zgarmoqda, fermerlik qishloqda xo’jalik yuritishning eng istiqbolli va samarali shakli sifatida yetakchi o’rinni egallamoqda- deb yakun yasagan. Lekin, erishilgan natijalar hozirgi o’sib borayotgan talabni to’liq qondiraolmaydi. Shuning uchun ham agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan “bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish” asosiy ustuvor vazifa ekanligini Prezident tomonidan belgilangan. Yeng asosiy ustuvor vazifa mamlakatni modernizasiya qilish va aholiga munosib turmush sharoitini yaratib berishdir.

Iqtisod va Moliya | Просмотров: 4326 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 06.01.2017

Ichki olamingizni hech narsa kitobchalik benazir boyita olmaydi. Ruhiyatingizni hech narsa kitobchalik, o‘qish o‘rganish, meh-natchalik muvozanatga, to‘g‘ri yo‘lga sola olmaydi. Intellektual rivojlanishda kitob asosiy o‘rinni tutishi haqida juda ko‘p eshitgansiz, albatta. Chunki kishining o‘zini o‘zi tarbiyalashida kitob ham bilim manbai, ham o‘zingizni ko‘rish, taqqoslash, taqlid qilish, munozara yuritish, bahslashishda ma’lum darajada ko‘zgu vazifasini o‘taydi. Dugonalaringizning ayrimlari bir kechada bir romanni «tu-shirib» kelganlari haqida maqtanib gapirishadi. Buning nimasi yaxshi? Nima o‘rganishdi? Nima bilishdi? Shu kitobning qahra-moni bo‘lgan «yigit» + «qiz»ning muhabbat yo‘lining «boshlani-shi» va «tugashini» kuzatishdi, xolos.

Madaniyat va sa'nat | Просмотров: 3219 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 28.08.2016

Mazkur qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga, ayniqsa yoshlarga tushuntirish bo'yicha Adliya organlari va muassasalari, jumladan, “Adolat” nashriyoti xodimlari tomonidan ham bir qator targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risida”gi Qonuni huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo'lib, u mamlakatimizda jinoyatchilikning oldini olishda muhim o'rin tutadi.

 
Huquq | Просмотров: 3402 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 28.08.2016

Agar siz hovuz, ko‘l yoki daryo suvining qay tarzda muzlashini kuzatgan bo‘lsangiz, muzlash jarayoni suvning yuza qismidan boshlanishini ko‘rasiz. Agar buning teskarisi bo‘lib, suv yuzadan emas, tagidan muzlaganida Yerdagi hayot va iqlim o‘zgaribgina qolmasdan, balki suvda yashovchi ko‘plab jonzotlar yo‘qolib ham ketgan bo‘lardi. Endi, hovuzdagi suv yuzasining qachon muzga aylanishini kuzataylik. Hovuz tepasidagi sovuq havo suv yuzasini ham sovita boshlaydi. Yuzadagi sovigan suv chuqurdagi iliq suvga nisbatan vazni og`irlashib, pastga cho‘kadi. Bu jarayon hovuzdagi jami suvning harorati 4 darajaga yetgunicha davom etadi.

Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Просмотров: 3839 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 28.08.2016

Ma’lumotlarga ko‘ra, odamlarning ellik foizi gastrit (oshqozon shilliq pardalarining yallig‘lanishi), shaharliklarning to‘qson foizi esa me’da-ichak muammolaridan aziyat chekisharkan. Ekspertlar fikricha, bunga ko‘p hollarda oshqozonni sog‘lom tutishga doir oddiy qoidalarga rioya etmasligimiz sabab bo‘larkan. Xo‘sh, bu qoidalar nimadan iborat? Professor O.Drapkina bu qoidalarni beshtaga ajratib tahlil etadi.

Salomatlik va Go'zallik sirlari | Просмотров: 2567 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 28.08.2016

Okean suviga tuz qayerdan tushadi? Shu savolga javob bera olamizmi? Yo‘q, albatta. Lekin biz tuzning suvda erishi va uning okeanga yomg‘ir suvi bilan tushishini bilamiz. Yer yuzasidagi tuz muntazam ravishda erib, okeanlarga tushadi. Lekin okeanlardagi tuzning bunchalik katta miqdorda yig‘ilishita yana qaysi jarayonlar sabab bo‘lishi mumkinligini o‘ylab ko‘raylik. Barcha okeanlardagi suvlarni quritib, ulardan qrlgan tuzdan ekvator chizig‘i bo‘ylab Yer sharini gir aylantirib chiqsak, qalinligi ikki, balandligi 230 kilometrlik devor paydo bo‘lar ekan. Yoki ana shu hajmdagi tuz bir joyga to‘plansa, Yevropa qit’asidan o‘n besh marta kattaroq maydonni egallaydi.

 
 
Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Просмотров: 2705 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 28.08.2016

1-10 11-20 21-30 ... 1221-1230 1231-1239