Главная » Статьи » Ekologiya

В категории материалов: 59
Показано материалов: 31-40
Страницы: « 1 2 3 4 5 6 »

Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам

Hozirgi vaqtda iflos oqava va chiqindi suvlarni tozalashda bir qator ulslublardan foydalanilmoqda. Bulardan eng muhimlari mexanik, kimyoviy, elektroliz, biologik tozalash uslublaridir.

Ekologiya | Просмотров: 6751 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Tuproq tabiatning eng muhim boyligi bo'lib, Yer po'stining eng ustki g'ovak,unumdor qismidir. U litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferada uzoq vaqt bir-biri bilan bog'liq holda sodir bo'lgan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar natijasida vujudga kelgan.Tuproq orqali moddalarning litosfera bilan atmosfera orasida o'zaro aloqasi ham ro'y beradi. Shamol natijasida tuproq ustidan ko'tarilgan chang-to'zonlar atmosferaga etib, unda havoning tiniqligiga ta'sir etadi.

Ekologiya | Просмотров: 5434 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Tuproq resurslarini muhofaza qilishda yerlarni qayta sho'rlanishiga qarshi kurashish muhim ahamiyatga ega. Tuproqning qayta sho'rlanishiga qarshi kurashish uchun qo'yidagilarni amalga oshirish lozim: grunt suvi yer betiga yaqin bo'lgan ijoylarda zovurlar, drenajlar tashkil etish; sho'rlangan tuproqni yuvib turish; sug'orish normasiga va texnikasiga qat'iy rioya qilish; sug'orishning yangi usullarini (tuproq ostidan, shudgorsiz haydov, shlanglar va lotoklar yordamida, yomg'irlatish, tomchilab sug'orish va boshqalar) qo'llash; kanal va ariqlarni betonlash orqali filtrasiyani kamaytirish va boshqalar.

Ekologiya | Просмотров: 2274 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Insonning tuproqqa ijobiy va salbiy ta'siri ajratiladi. Ijobiy ta'siriga tuproq hosildorligini oshirish, erlarning holatini yaxshilash, yashil o'simliklar ekish, ixotazorlar tashkil etish, tabiiy o'g'itlar berish va hokazolar kiradi.

Ekologiya | Просмотров: 2089 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

O'simliklar dunyosi Yerdagi hayotning birlamchi manbaidir. Ular yiliga 380 mlrd. t organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd. t dengiz va okean o'simliklaiga, 38 mlrd. t o'rmonlarga, 6 mlrd. t o'tloqlarga to'g'ri keladi. Bundan tashqari o'simliklar, ya'ni yashil o'simliklar tufayli fotosintez jarayoni ro'y beradi, Yerdagi hayotning yashashi uchun zarur bo'lgan kislorodni ishlab beradi. Agar fotosintez jarayoni bo'lmasa, havodagi karbonad angidridning miqdori ko'payib kishilar va hayvonlar nobud bo'lar edi. Biroq atmosferadan, suv yuzasidan va tuproqdan kelayotgan o'sha SO2 gazi o'simliklar tomonidan yutilib, fotosintez natijasida  yashil o'simliklar atrofga kislorodni chiqarib turadi. Shunday qilib, fotosintez orqali Yer sharidagi suv 5,8 mln. yilda, atmosferadagi kislorod 5800 yilda, SO2 7 yilda bir marta yangilanib turadi

Ekologiya | Просмотров: 4262 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

O'simliklarning, xususan o'rmonlar maydonining qisqarishi va holatini yomonlashuvi kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan bog'liqdir. Ibtidoiy jamiyatda kishilar o'zi uchun zarur bo'lgan narsalarning bir qismini o'simliklardan olib, uning qisman bo'lsa-da, o'zgarishiga sababchi bo'lgan. Feodalizm va kapitalistik davrlarda Yer sharidagi o'rmolar shafqatsizlarcha kesildi, undan yoqilg'i sifatida, qurilishda va kema ishlashda keng ko'lamda foydalanishi tufayli uning maydoni keskin qisqardi. Ayniqsa Yer sharining aholi zich yashaydigan joylarida o'rmonlarning 2/3 qismi yo'q qilindi. Natijada 500 mln. ga erdagi o'rmonlar maydoni qisqarib, dasht biyobonga aylantirildi.

Ekologiya | Просмотров: 3711 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Yuzidagi barcha mavjud suvlar gidrosferani tashkil etadi. Gidrosfera deganda okean, ko'l, daryo, er osti suvlari va muzlkilarni o'z ichiga olgan Yerning suv qobig'i tushuniladi. Sayyoramizda hayot dastlab suv muhitida paydo bo'lgan va tirik organizmlar uchun suvning ahamiyati beqiyosdir. Yer yuzida suv suyuq, qattiq va gazsimon holatda mavjud bo'lib, modda va energiya aylanma harakatida katta rol o'ynaydi. Ayniqsa atmosferadagi suv bug'lari va tuproq namligining ahamiyati katta. Suv tugamaydigan resurslarga kiradi va aylanma harakat natijasida suv resurslari doim tiklanib turadi. 

Ekologiya | Просмотров: 2456 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Suv resurslarini ifloslanishi va buzilishi deganda suvda har xil organik, noorganik, mexanik, bakteriologik va boshqa moddalar to'planib qolib, uning fizik xossalari (rangi, tiniqligi, hidi va mazasi) va kimyoviy tarkibining(reaksiyasi o'zgarishi, organik va mineral qo'shimchalar ortib, zararli birikmalar paydo bo'lishi va boshqalar) o'zgarishini, suvning ustida har – xil moddalar suzib, tagiga cho'kishi, suvning tarkibida kislorodning kamayib, har xil bakteriyalar turining ko'payib, yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi bakteriyalarning paydo bo'lishi tushuniladi.

Ekologiya | Просмотров: 6731 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Ilgarilari ekin maydorlari ancha kichik bo'lib, uning atrofi qalin mevali daraxtlar bilan o'ralgan. Bu daraxtlar tuproqni kuchli esgan shamollardan asragan. Daraxtlar biologik drenaj vazifasini ham bajargan, ya'ni er osti suvini ildizi orqali surib, uni tuproqning yuqori qismiga ko'tarilgani qo'ymagan, yerni zaxarlanishi va sho'rlanishini oldini olishga yordam bergan. Turg'unlik yillarida xo'jaliklarning erlari atrofidagi mevali daraxtlar qo'porib tashlanib ekinzorlar kengaytirildi.buning oqibatida atrofi ochiq (yalang) qolgan dalalarga kuchli esgan shamol tuproqning unumdor qismini o'chirib, eroziyaga uchrashini kuchaytirdi. Bunday hol Qashqadaryo viloyatining Nishon, Chiroqchi, Qamashi, Muborak, Mirishkor kabi rayonlarda ko'plab sodir etildi. 

Ekologiya | Просмотров: 2714 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Sayyoramiz suvga juda boy. Yer yuzida har bir kishiga 3 litrdan 700 litrgacha suv kerak. Bundan tashqari quruqlikdagi suv zahirasi uning aylanib yurish jarayonida to'xtovsiz tiklanib turadi. Yer yuzidagi suvning bu qadar ko'pligi, ba'zan bitmas-tuganmasdek bo'lib tuyuladi va bu hol odamlarda suv zahiralariga nisbatan beparvo munosabatda bo'lishiga sabab bo'ladi. Suv zahiralariga bo'lgan bunday noto'g'ri munosabat natijasida XX asr o'rtalaridayoq mavjud suvlar miqdori bilan unga extiyoj o'rtasida keskin mutanosiblik vujudga keldi. Ilgari suv tanqsligi ayrim o'lkalarning qismati bo'lsa, endilikda u sayyoraviy xususiyatga ega.

Ekologiya | Просмотров: 1626 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

1-10 11-20 21-30 31-40 41-50 51-59