Главная » Статьи » Madaniyat va sa'nat |
В категории материалов: 46 Показано материалов: 11-20 |
Страницы: « 1 2 3 4 5 » |
Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам
Хар қандай шароитда хам барча миллат ва халклар узининг маънавий эхтиёжларини кондиришга мухтожлик сезади. Маънавият — инсон учун мавжудлих белгиси. Маънавий бойлик — у ёки бу миллатни бошка этник бирикмалардан узига хослигини билдирувчи, англатувчи мухим омиддир. Маънавияти йук халкнинг узи йук. Шу билан бирга хар бир халк маънавияти хам бир хил даражада эмас. |
Инсоният тарихида уз ижтимоий ахамияти жихатдан алохида эътиборга лойик холатлар, кадриятлар мавжудки, булар у ёки бу миллат, элат, халкнинг мавжудлик белгиси, тараққиёт мезони сифатида бахоланиши мумкин. Миллат мавжудлигининг ана шундай мухим белгиларидан бири таълим тизими хамда юкори малакали мугахассис кадрлар тайёрлаш масаласидир. |
АВЛОНИЙ, Абдулла (1878-1934) -XIX асир охири XX а. бошидаги узб. миллий маданиятининг машхур вакилларидан бири, маърифатпарвар шоир, драматург, журналист, олим, давлат ва жамоат арбоби. XX а. бошларида жадидчилик харакатига қўшилиб, Тошкентдаги жадидларнинг фаол иштирокчиларидан бири бўлиб танилди. У янги усулда, янгича мактаб очиб, дарс берди ва дарсликлар ёзди. |
Кандай жамият тараққиёти, унинг у ёки бу вакт ва макондаги даражаси кўп жихатдан фукаролар маънавияти, турмуш тарзи, кишиларнинг маънавий-моддий, ижтимоий эхтиёжлари хамда уларнинг кай даражада кондирилишига боғликдир. Мустақиллик давригача ва ундан кейинги утган тарихан киска муддат ичида руй берган холатлар, жамият ижтимоий-сиёсий, иқтисодий, маънавий-маърифий ва тарбиявий-мафкуравий сохасидаги ўзгаришлар бизга шўролар мустабид тузуми хамда истиклол йилларида Ўзбекистоннинг реал хаётида холисона жавоб излашга ва унга эришишга имкон беради. |
Krit - mikеn davri eng qadimgi tsivilizatsiya davri dеb ham yuritiladi. Bundan tashqari, dastlabki uch davr ko`pincha klassik davrgacha bo`lgan davr dеgan umumiy nоm bilan aytiladi. Bunday hоlda Yunоnistоn madaniyati uchta asоsiy davrga bo`linadi: klassik davrgacha bo`lgan davr, klassik davr, ellinstik davr. Krit - mikеn davri eng qadimgi tsivilizatsiya davri dеb ham yuritiladi. Bundan tashqari, dastlabki uch davr ko`pincha klassik davrgacha bo`lgan davr dеgan umumiy nоm bilan aytiladi. Bunday hоlda Yunоnistоn madaniyati uchta asоsiy davrga bo`linadi: klassik davrgacha bo`lgan davr, klassik davr, ellinstik davr. |
Антик давр маданияти – жаҳон цивилизациясининг бешиги бўлиб, у даврда философия, маданият фан сифатида шаклланди. Ўша давр юнонларининг турмуш тарзи, фикрлаши, маънавияти ҳозиргача ҳам инсонларни ҳаяжонга солиб келмоқда.Антик Европа маданиятининг шаклланишига Месопотамия ва Миср маданиятининг, айниқса, арифметика, астрономия, мифология ва теология соҳаларида эришилган дастлабки муҳим ютуқларнинг аҳамияти катта бўлди. |
IX-XII asrlarda jahon sivilizatsiyasi tarixiy taraqqiyoti davomida birinchi bo’lib Sharq mo’’jizasi ro’y berdi. Huddi shu davrda qadimgi Sharq mintaqasiga mansub Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Хitoy, Markaziy Osiyo hududlari insoniyat sivilizatsiyasining ilk sarchashmalari sifatida shakllandi.Bu jarayonda ko’p ming yillik tarixga ega bo’lgan, Sharqu g’arbni tutashtirgan, o’zaro madaniyat, dinu e’tiqod, urf-odat, udumu an’analar almashinuvini ta’minlagan Buyuk ipak yo’lining o’rni katta bo’ldi. Ko’xna Хitoy yurtidan boshlangan bu yo’l avvalo Sharq xalqlarini bir-biri bilan bog’lagan, ularning iqtisodiy, savdo-sotiq, madaniy-ma’naviy aloqalarini rivojlanishi, turmush tarzini boyishida sezilarli turtki bo’ldi. Sharq xalqlari, elatlarining tili, urf-odatlari, musiqasi, to’yu ma’rakalari, diniy rasm-rusumlaridagi o’xshashlik jihatlarining mavjudligi ham buni yaqqol isbot etadi. |
Inson, madaniyat, shaxs tushunchalari madaniyatshunoslikda juda muhim o’rin tutadi. Ular bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, inson madaniy mayjudot sifatida o’zining yaratuvchanlik mohiyatini namoyon etadi, madaniyat esa shaxs ijodiy faoliyatining mahsuli sifatida ijtimoiy taraqqiyotga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Uzoq yillar davomida shaxsning mohiyati va uning madaniy taraqqiyotdagi roliga biryoqlama yondashib kelindi, uning intellektual-ma’naviy salohiyati, insoniy fazilatlariga yetarlicha e’tibor berilmadi. Natijada, shaxs dunyoqarashi, g’oya va ideallarning yaratuvchan va o’zgaruvchan funksiyasi to’g’ri baholanmadi. |
Insoniyat tarixida o’z ijtimoiy ahamiyati jihatdan alohida e’tiborga loyiq holatlar, qadriyatlar mavjudki, bular u yoki bul millat, elat, xalqning mavjudlik belgisi, taraqqiyot mezoni sifatida baholanishi mumkin. Millat mavjudligining ana shunday muhim belgilaridan bir ta’lim tizimi hamda yuqori malakali mutahassis qadriyatlar tayyorlash masalasidir.Darhaqiqat, ta’lim tizimi demokratik tamoyillar bilan uyg’unlashgan, uning insonparvar jamiyat barpo etish kabi zarur ijtimoiy ehtiyoj talabalariga javob bergandagina u o’z oldiga qo’ygan buyuk maqsab-barkamol avlodni tarbiyalash va shakllantirish vazifasini ado etishi mumkin. |
Arab xalifaligi VII-VIII asrlar davomida Mag’ribu Mashriqning keng hududlarini, shu jumladan Markaziy Osiyo yerlarini ham o’z tasarrufiga kiritgan edi. Хalifalikka kirgan hududlarga asta-sekin arab madaniyati, uning ko’plab unsurlari kirib kela boshladi. Eng asosiysi, islomning muqaddas kitobi «Qur’oni Karim» g’oyalari turli xalqlar orasida keng yoyila boshladi. Buning uchun bu yerlarda arab tili, arab yozuvi joriy etildi. Musulmon madaniyatining ko’rki hisoblangan naqshinkor bezaklar bilan ziynatlangan salobatli masjidu madrasalar, xonaqoyu maqbaralar, diniy va ilmiy kitoblar, qo’lyozmalarga boy kutubxonalar va boshqa inshootlar qad rostlay boshladi. Ular shu xalqlarning avvalgi moddiy madaniyati xarobalari o’rnida barpo etildi. |