Главная » Статьи » Madaniyat va sa'nat |
В категории материалов: 46 Показано материалов: 31-40 |
Страницы: « 1 2 3 4 5 » |
Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам
Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning u yoki bu vaqt va makondagi darajasi ko’p jihatdan fuqarolar ma’naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma’naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qonlirilishiga bog’liqdir. Mustaqillik davrigacha va undan keyingi o’tgan tarixan qisqa muddat ichida ro’y bergan holatlar, jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy-mafkuraviy sohasidagi o’zgarishlar bizga sho’rolar mustabid tuzumi hamda istiqlol yillarida O’zbekistonning real hayotida xolisona javob izlashga va unga erishishga imkon beradi. |
Hozirgi zamon madaniyatshunosligi (kulturologiyasi)da tabiat va madaniyatning bir-biriga ta’siri, o’zaro munosabatini ilmiy asosda tadqiq etish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Inson tafakkur sohibi, madaniyat ijodkori sifatida tabiatga nisbatan befarq qaray olmaydi: o’z aqli, madaniyati vositasida tabiatni o’zlashtirishga, uning ne’matlaridan to’laroq bahramand bo’lishga intiladi. Insoniyatning ko’p asrlik tarixi shundan guvohlik beradiki, kishilarning tabiat to’g’risidagi bilimi, ax-loqiy madaniyati yuksalib borishi bilan tabiat taraqqiyoti tezlashgan, u tobora insoniylashgan, inson tabiat bilan uyg’unlashgan, yuqorida aytilganidek, insoniyat |
O’rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san’at sohlarida kamolot bosqichiga ko’tarildi. Тemuriylar davlatining qudrati ayniqsa me’morchilikda namoyon bo’ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko’rmoq istasang- binolarimizga boq!» degan yozuv Тemur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Тemur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko’chalar, me’moriy majmualar keng ko’lam kasb etadi. Ilk o’rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo’lgan «Shahriston»dan ko’lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «hisor» qurilishini Samarqand va Shahrisabzda kuzatish mumkin. Тemur davrida Kesh shahar qurilishi yakunlandi. «Hisor»ning janubi-g’arbida hukumat saroyi Oqsaroy va atrofida rabotlar, bog’-rog’lar qurildi. |
Madaniyatshunoslik tarixida madaniyatning mohiyatini bilishga turlicha metodologik nuqtai nazardan yondashib kelindi. Madaniyatga materialistik yondashish — har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, ishlab-chiqarish usuli o’ziga xos madaniyat yaratadi, degan g’oyaga asoslanar, ma’naviy madaniyatga nisbatan moddiy madaniyatni ustun qo’yar, har bir milliy madaniyatning betakror va noyobligini inkor etar, madaniyat istiqbolini yagona madaniyatning shakllanishi bilan bog’lar edi.Madaniyatning mohiyatini bilishga sivilizatsiyali yondashuv esa aksincha, har bir milliy madaniyatning betakrorligini, unda umumin-soniylik va o’ziga xoslik mavjudligini e’tirof etishni nazarda tutadi. |
Zamonaviy madaniyatni texnikaviy, texnika xukmdorligi, dunyoviy-elektron yoki axborot madaniyati deb ataydilar. Bunday munosabat hozirgi madaniyatda fan va texnikaning o’rni muhimligini ko’rsatadi. “Zamonaviy” yoki “Yangi” fan antik yoki o’rta asrdagi fandan tubdan farq qiladi. Agar, ilgarilari fan duyoni asl holda, unga dahlsiz o’rgangan bo’lsa, endi esa, fan bilish, yaratish, ixtiro, loyiha tu zish kabi jarayonlarni mujassamlashtirib “inson idroki yordamida hal bo’ladigan muammolarga e’tiborini jalb qilmoqda”. Hozirgi fanning jo’shqin qiyofasi mana shundan iborat. Haqiqatni anglashga urinish o’rniga insonning qiziqish va extiyojlari mos keluvchi aniq imkoniyatlarni hisobga olish harakati uchun bo’lmoqda |
Ilk paleolitda madaniy muhitning mavjudligi alohida joylar bilangina chegaralansa so’nggi paleolitda esa madaniyat tizim sifatida shakllanadi. So’nggi paleolitning boshlari gominid evolyutsiyasi yakunlanib zamonaviy “aqlli odam” turi paydo paydo bo’ladi. So’nggi paleolitda turli-tuman tosh va boshqa qurollar notekis tarzda ko’payishi natijasida tarkibiy qurollar-tasma, uchlik, shuningdek, to’qimachilik paydo bo’ladi. Nixoyat... |
Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g’orlarning devorlariga turli tasvirlar chizish so’nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniya, Altamir g’ori). O’rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo’ladi. Neolit davriga kelib esa rivojlangan bosqichga ko’tariladi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning turli namunalari topilgan. O’rta Osiyoning tog’lik hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko’ra ikki xil. Bir xillari bo’yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-o’yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan (petrogliflar) rasmlardir. |
Qadimgi Yunoniston va Rim madaniyatlari Yevropa sivilizatsiyasining poydevoriga asos soldi. Qadimgi Sharq madaniyati ta’sirida shakllangan bu an’anaviy madaniyat taraqqiyoti davrining davomchisi va yakunlovchisi bo’ldi. Qadimgi Yunonistonda shakllanib, keyinchalik yuksak bosqichga ko’tarilgan bu madaniyat er. avv. III asrda Rim madaniyati vujudga kelishiga katta ta’sir ko’rsatdi va “Antik madaniyat” nomi bilan dunyo madaniyati tarixida o’chmas iz qoldirdi. |
Barcha Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari tabiiy-ilmiy bilmlarni to’plab ulkan natijalarga erishdi va jahon fani rivojlanishiga ulkan ta’sir ko’rsatdi. Bizgacha yetib kelgan Papirus yozuvlari misrliklarning matematika va goyemetriya (turli shaklning hajmi va yuzasini o’lchash), astronomiya (aniq quyor taqvimining tuzilishi keyinchalik Yevropada taqvimga asos bo’lgan), tibbiyot (anatomiya tuzilishi, miya va qon tomirlari haqidagi ta’limot, jarrohlik), kimyo (turli moddalarning xususiyatini o’rganish va bu bilimlardan mayitni mumiyolashda foydalanish) sohalaridagi keng tushunchalari haqida dalolat beradi. Atrofdagi mamlakatlarga Mesopotamiya matematikasi va astronomiyasi katta ta’sir ko’rsatdi. Hozirga qadar biz Mesopotamiyada tuzilgan vaqt va burchak o’lchov uchun 60 bo’lakli tizimdan foydalanamiz. |
Ma’lumki, mil. avv. II ming yillikka kelib qadimgi O’zbekistonning dehqonchilik vohalarida o’troq qabilalar rivojlanib aholinining alohida joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar - o’troq dehqonchilikning rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, o’zaro almashinuv, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning kuchayishi hamda harbiy-siyosiy vaziyat O’zbekiston hududlarida dastlabki shaharsozlikning paydo bo’lishida asosiy omillardan hisoblanadi. |