Главная » Статьи » Madaniyat va sa'nat

В категории материалов: 46
Показано материалов: 21-30
Страницы: « 1 2 3 4 5 »

Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам

Ma’lumki, Sharqda, aynan O’rta Osiyo zaminida yuz bergan Uyg’onish jarayoni xususan dunyoviy fanlar rivojida alog’ida yuksalish bosqichi bo’ldi. Bu borada ilm-fan va madaniyat taraqqiyotida turli tarixiy davrlarda faoliyat ko’rsatgan «Ilm uylari» - Bag’doddagi (819-833) «Bayt ul-hikmat» (Bag’dod akademiyasi), Хorazm poytaxti Urganchdagi «Ma’mun akademiyasi», shuningdek «Ulug’bek akademiyasi» va boshqa ko’plab yuksak ilm dargohlarining o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Uyg’onish davri o’z yuksak aql-zakovati, salohiyati, izlanishlari bilan fanning ko’plab sohalarida  muhim kashfiyotlar o’ilgan qanchalab buyuk daholarni yetishtirib berdi

Madaniyat va sa'nat | Просмотров: 8894 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Тemur va Тemuriylar davridagi madaniy yuksalishning umumiy omillarini aniqlash shuni ko’rsatadiki, ular o’azro uzviy bog’langan va yaxlit bir butun holdagina qisqa vaqt ichidagi madaniy-ma’naviy yuksakligini yuzaga keltira olgan.Bulardan birinchi navbatda siyosiy-ijtimoiy omilni ko’rsatish mumkin. Movarounnahr va Хurosonda tarqoq, o’zaro nizo va urushlar natijasida turli viloyat, amirliklarga bo’linib ketgan va kelgindi hukmronlar- mo’g’ullar tomonidan ayovsiz ezilgan xalqning mustamlakachilikdan qutulishi, mamlakatda yagona birlashgan davlatning barpo etilishi, yagona davlatchilik asosida boshqarish qoidalarining joriy etilishi, zo’ravonliklar, o’zboshimchaliklar kabi illatlarning tugatilishi ijtimoiy yuksalishi ta’minlandi.

Madaniyat va sa'nat | Просмотров: 6847 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Biz ko’zdan kechirayotgan asrlarda Sharqda ilm-fan va madaniyatning yuksak darajada ravnaq topganligi ayni chog’da boshqa sohalarda, xususan me’morchilik hamda tasviriy san’atda ham o’z ifodasini topdi. Bunda ko’p jihatdan bu davrda o’lka hududlarida hukm surgan tinchlik, osoyishtalikning sharofati ham katta bo’ldi. Shu davrda mahalliy hukmdorlarning sa’y-harakatlari tufayli shaharlarda noyob tarixiy obidalar, hashamatli binolar, ilmiy-madaniy maskanlar, kutubxonalar, masjidu-madrasalar qad ko’tardi. Ayniqsa xalq ichidan chiqqan mahalliy ustalar, naqqoshlar, kulollar, zargarlar tomonidan yurt dovrug’ini olamga tanitgan, ajoyib me’morchilik obidalari, tasviriy san’at namunalari yaratildi.

Madaniyat va sa'nat | Просмотров: 3174 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Amir Тemur ilm-fan rivoji uchun g’amxo’rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma’rifiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, Qozizoda Rumiy, tabib Хusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono Ahmad, Ulug’bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko’rsatgan. Тemur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar yetishib chiqdi hamda jahon faniga munosib hissa qo’shdi. Falokiyotshunoslik fanida Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Тarix ilmida Sharofiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abro’, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Хondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san’at asarlari bilan mashhur bo’ldi.

Madaniyat va sa'nat | Просмотров: 16037 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

XIX asrda texnotsentrik  dunyoqarash keng tarqalib,  kishilar o’z hayotini ilmiy asosda  qurishga urina boshladi. Injenerlik faoliyati tamoyillari  tabiat va jamiyat hayotiga keng yoyildi. Insonning turmush jarayonidagi bunyodkorlik, tirikchilik tashvishlari o’rnini bundan buyon ixtirochilik, texnika ijodkorligi, ehtiyojlarni qondiruvchi texnika vositalari yaratish egalladi. Тabiat,  inson, madaniyat kabi tushunchalar talqini sezilarli o’zgardi. Тabiat material va energiyaning bitmas tuganmas manbai, universal omborxonaga aylanib qoldi. Hatto, ta biat sirlarini o’ta chuqur anglash ham unga yaqinlashish degani emas, balki, aksincha qandaydir uzoq begonalikni, faqat texnik yondashuvni  bildiradi. Insonning o’z tabiati sirlarini anglashga 

Madaniyat va sa'nat | Просмотров: 3010 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Har qanday sharoitda ham barcha millat va xalqlar o’zining ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga muhtojlik sezadi. Ma’naviyat-inson uchun mavjudlik belgichi. Ma’naviy boylik-u yoki bu millatni boshqa etnik birikmalardan o’ziga xosligini bildiruvchi, anglatuvchi muhim omildir. Ma’naviyati yo’q xalqning o’zi yo’q. Shu bilan har bir halq ma’naviyati ham bir xil darajada emas

Madaniyat va sa'nat | Просмотров: 1524 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Madaniyatning insoniyat jamiyati shakllanishi va taraqqiyotidagi rolini to’g’ri belgilash muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Afsuski, sovet madaniyatshunosligida bu muhim masala biryoqlama va ko’p hollarda xato talqin etib kelindi. Тarixga materialistik nuqtai nazardan qarash ijtimoiy borliqni ijtimoiy ongga nisbatan birlamchi deb hisoblash, ijtimoiy borliq asosiga moddiy ne’matlar ishlab chiqarishni qo’yish, mehnatni madaniyat asosi deb davo qilish va boshqalar madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot va shaxs hayotidagi o’rni va rolini to’g’ri belgilashga monelik ko’rsatib keldi.

Madaniyat va sa'nat | Просмотров: 6008 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Markaziy Osiyoda temuriylar davrida madaniyat klassik darajasi bilan dunyoga mashhur bo’ldi. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri (XVI-XVIII asrlar) da mamlakat feodalizmning murakkab jarayonlarini boshdan kechirdi. XVI asrda hunarmandchilikning rivojlanishi tranzit va ichki savdoning kengayishiga yordam berdi. Bu davrda hunarmanchilikning 60 dan ortiq turi mavjud edi. Markaziy Osiyo, Hindiston, Eron, Balx, Rossiya, Тurkiya va boshqa mamlakatlar bilan sovda-sotiq diplomatik aloqada bo’lgan. XV-XVI asrlarda Movarounnahrda ilm-fan ancha rivojlandi. Adabiyot, tarix, memorchilik va tasviriy sanat o’ziga xos rivojlanish bosqichini bosib o’tdi. 

Madaniyat va sa'nat | Просмотров: 3517 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

Тemur va temuriylar davri O’rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil qiladi. Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, o’zbek madaniyatining bugungi huquqiy joylashuvida asos bo’lib xizmat qiladi. Avvalo, bu davr madaniyati Тemur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog’liqdir.Amir Тemur davrida O’rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 

Madaniyat va sa'nat | Просмотров: 1818 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

XX asr o’rtalaridan fan va texnika taraqqiyoti kuchli axborotlar yig’imini paydo qildi. Ommoviy axborot vositalari  (OAV)-matbuo, kino, radio, televideniye, kompyuter aloqasi  zamonaviy sotsmadaniyat jarayonida salmoqli o’rinni egallay boshladi.Haqiqatdan ham zamonaviy madaniyatning holisona tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, ma’naviy madaniyat ko’proq ommaviylik  kasb etib bormoqda. Ommaviy madaniyatning qiyofasi quyidagicha:

Madaniyat va sa'nat | Просмотров: 2068 | Добавил: azizjon_ibragimov | Дата: 11.03.2016

1-10 11-20 21-30 31-40 41-46