Главная » Статьи » Tibbiyot |
В категории материалов: 77 Показано материалов: 51-60 |
Страницы: « 1 2 ... 4 5 6 7 8 » |
Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам
Diagnostika maqsadida radiofarmatsevtik preparatlaridan foydalanishga asoslanib turib, bemorni tekshirishning bu usuli tibbiyotda radioizotoplar yordamida skanerlash deb ataladi. Bu moddalar zarar qilmaydigan juda oz miqdorlarda organizmga yubo- rilganidan keyin skaner deb ataladigan maxsus asbob yordamida tekshirilayotgan organning katta-kichikligi, shakli, holati va funksional ahvoli to‘g‘risida axborot olish mumkin. |
Elektrokardiogramma — bu yurak muskuli ishlayotganida hosil bo‘lgan elektr impulslarini aks ettiruvchi egri chiziq. Elektrokardiogramma elektrokardiograf yordamida qog‘ozga yoki fotoplyonkaga tushiriladi. Butun gavdaga tarqaluvchi yurak toklari (harakat toklari) EKGsi gavdaning turli qismlari (ko‘krak qafasi, qo‘l va oyoqlar)ga o‘rnatilgan va elektrokardiografga ulangan elektrodlar bilan yozib olinadi. |
Magnit rezonansli tomografiya tekshirish usuli yadro — magnitli rezonans prinsipiga asoslangan. Ayrim atom yadrolari, masalan, vodorod yadrosi bir jinsli magnit maydonida magnitga o‘xshab harakatlanadi. Yadroli rezonans hosil qilish uchun odam tanasi atrofiga qisqa to‘lqinli radioto‘lqinlar yuboriladi. |
Tibbiyot — kishilar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmuyi. Tibbiyot insoniyatning nazariy va amaliy faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Har bir kishi o‘z sog‘lig‘ini saqlash va uni mustahkamlash, shuningdek, betob bo‘lib qolganida tezda tuzalishni istaydi. |
Bemorni rentgenologik tekshirish qo‘shimcha tekshirishning muhim usullaridan biridir, chunki ichki organlar shakli va chega- rasining o‘zgarishini, shuningdek, organizm to‘qimalarida sodir bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni uning yordamida kuzatish mumkin. Bu tekshirishlar 1896-yilda Rentgen kashf etgan apparat, nurlar hosil qiluvchi nay yordamida amalga oshiriladi. Bu nurlar turli yorug‘lik nurlari kira olmaydigan turli moddalarning ichiga kirish xususiyatiga ega. |
Tekshirilayotgan organ va to‘qimaning bir qator funksiyalari palpatsiya yordamida aniqlanadi, masalan, tekshirilayotgan organ yuzasining xarakteri, uning shakli, konsistensiyasi, holati, kattaligi va atrofidagi boshqa organlar hamda to‘qimalar bilan o‘zaro munosabati, kasal deb taxmin qilinayotgan organ joylash- gan zonada haroratning yuqoriligi, teri namligi va boshqalar. Bundan tashqari, palpatsiya yordamida bemor holati — sezuv- chanligi yoki og‘riq aniqlanadi. Bularning borligini bemor mimika- sining o‘zgarishi yoki tana yoxud qo‘l-oyoqning reflektor haraka- tiga qarab bilib olinadi. |
Endoskopiya (yunon. endon — ichki, ichkarida va skopeo — ko‘raman) — qovoq, ichi bo‘sh organlarni maxsus optik asbob — endoskop yordamida ko‘rib tekshirish usuli. Endoskop — jarrohlikda, gastroenterologiya, pulmonologiya, urologiya, gine- kologiya va boshqalarda diagnostika hamda davolash maqsadida qo‘llaniladi. Bronxoskopiya (bronxlarni tekshirish), gastroskopiya (me’dani tekshirish), rektromanoskopiya (to‘g‘ri va sigmasimon ichakni tekshirish), xistoskopiya (qovuqni tekshirish) va h.k. |
Subyektiv tekshirish usullari quyidagilardan iborat: |
Hozirgi vaqtda ichki a’zolar (buyrak, jigar, o‘t qopi, yurak, endokrin bezlar) kasalliklarini aniqlashda ultratovush bilan tekshirish keng qo‘llanilmoqda. Chunki bu usul eng oxirgi fan yutuqlariga asoslangan bo‘lib, bemor hamda tibbiyot xodimi uchun zararsiz usuldir. |
Bemorlarni parvarish qilish davolashda juda muhim omildir. O‘rta tibbiyot xodimi bemorni shifokorning aytganlariga qarab, parvarish qilib boradi. Kasal odamning sog‘lig‘i va hayoti shifokor buyurganlarini o‘rta tibbiyot xodimining o‘z vaqtida bajo keltirib turishiga, yaxshi parvarish qilib borishiga bog‘liq bo‘lishini esda tutish lozim. |