Главная » Статьи » Tibbiyot |
В категории материалов: 77 Показано материалов: 31-40 |
Страницы: « 1 2 3 4 5 6 7 8 » |
Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам
Siydik — moddalar almashinuvi mahsuloti. Qonning buyrakda filtrlanishidan hosil bo‘ladi. Kimyoviy tarkibi juda murakkab bo‘lib, unda 150 dan ortiq komponent, shu jumladan, suv, organizm uchun kerak bo‘lmagan moddalar almashinuvi mahsulotlari (mochevina, siydik kislotasi), erigan holdagi mineral tuzlar, turli zaharli moddalar bor. Odatda, och sariq rangli, biroz ammiak hidi kelib turadigan tiniq suyuqlik bo‘lib, solishtirma og‘irligi 1002—1030 atrofida o‘zgarib turadi (me’yorda o‘rtacha hisobda 1015—1018). Katta yoshdagi odam bir sutkada taxminan 1500 ml siydik ajratadi. |
Siydikni olishdan avval tashqi jinsiy a’zolar yaxshilab yuvilishi lozim. Oldin shisha bankaga konservant—bir necha timol kristallchasi yoki 2 kristallga formaldegid yoki 0,5 ml xloroform solinadi. Bu usul bo‘yicha siydikni 10 soat ichida yig‘ish lozim. Soat 22 da bemordan qovuqni bo‘shatish va tunda siymaslik so‘raladi. Ertalab soat 8 da ertalabki siydikning hammasi laboratoriyadan olingan maxsus idishga yig‘iladi. Idishga bemorning familiyasi, ismi, yoshi, bo‘lim va palata raqami, tekshirishning maqsadi, hamshiraning familiyasi va sana yozilgan yorliq yopishtiriladi. |
Bezgak plazmodiylari bor-yo‘qligiga qonni tekshirib ko‘rish uchun qalin tomchi tayyorlanadi. Odatdagi usul bilan barmoqning yumshoq joyidan qon olinadi. Igna sanchilgan joydan chiqqan qon tomchisiga buyum oynasining yuzi tekkiziladi. |
Bu sinama boshqalaridan ko‘proq qo‘llaniladi. U tayyorgarliksiz, suv yuklamasi berilmasdan, bemor muayyan rejimda bo‘lib, odatdagicha ovqatlanayotgan vaqtda o‘tkaziladi va shunga ko‘ra, unga monelik qiladigan hollar bo‘lmaydi. |
Sitratsiz probirkaga retsipiyent qonidan 2—3 ml olinadi, qon ivib qolganidan keyin laxtasi shisha tayoqcha bilan ko‘chiriladi va qon sentrifugalanadi. |
Retikulotsitlar — sitoplazmasida ko‘k rangli nozik turi va donalari bo‘ladigan yosh eritrotsitlardir. Bu hujayralar qizil qon yaratilishi aktivligini xarakterlab beradi. |
Oqsil miqdori Roberte-Stolnikov usuli bilan aniqlanadi. Bu usul Geller sinamasiga, ya’ni tarkibidagi oqsil bo‘lgan tekshi- riluvchi suyuqlik bilan nitrat kislota chegarasida oqsil halqasi paydo bo‘lishiga asoslangan, 3-minutning oxiriga kelib paydo bo‘lgan yupqa, ammo ro‘y-rost ko‘rinib turadigan halqa tekshirilayotgan siydikda 0,033 g/l oqsil borligini ko‘rsatadi. 1—2 ml nitrat kislota ustiga filtrlangan siydik qatlam qilib ohista tushiriladi. |
Me’daning sekretor funksiyasini aniqlashda bemor me’da shirasi ajralib chiqishi uchun tekshirishdan oldin ma’lum ta’sirlovchi ovqat yeyishi kerak. Boas-Evaldning sinov nonushtasi keng tarqalgan qitiqlagich bo‘lib, u 50 g suvi qochgan oq non yoki sirti ajratib olingan yog‘siz bulka va 400 ml suv yoki xona haroratidagi uncha shirin bo‘lmagan choydan iborat. Bemor sinov nonushtasini 10 minut davomida tanovul qilishi kerak. |
Me’da suyuqligini tekshirishda elastik rezinadan tayyorlangan yo‘g‘on zonddan foydalaniladi. Zondning uzunligi 70—75 sm, diametri 10—12 mm, teshigi taxminan 8 mm. Zondning me’daga kiruvchi uchi dumaloqlashgan bo‘lib, butunlay berk, undan sal yuqoriroqda, bir-biriga qarama-qarshi tomonda ikkita oval teshik bor. |
Siydikda qand paydo bo‘lishi glikozuriya deb ataladi. Glikozuriya fiziologik bo‘lishi mumkin. Bu shunga bog‘liqki, agar buyrakning kanalcha apparati shikastlanmagan bo‘lsa, glikozuriya faqat giperglikemiyada (qonda glukoza konsentratsiyasi oshib ketganida) ko‘riladi. |