Главная » Статьи » Turli mavzular |
В категории материалов: 46 Показано материалов: 21-30 |
Страницы: « 1 2 3 4 5 » |
Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам
Ta’limning ijtimoiy samaradorligi ta’lim muassasalarining soni, ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning miqdori, jamiyat a’zolarining bilim darajasi va sifati bilangina belgilanmaydi, balki uning ijtimoiy faoliyatida, amaliyotda hamda mehnat faoliyatida qanday darajada tatbiq qilinishi bilan ham izohlanadi. Shu jihatdan, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi va bozor iqtisodiyoti siyosatining amalga oshirilib borishi sharoitida, respublikada ko‘plab mutaxassis kadrlarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashdan manfaatdor bo‘lmay yoki ishlash imkoniyatlariga ega emasliklari sababli, yaxshiroq tirikchilik o‘tkazish maqsadida o‘z mutaxassisliklaridan boshqa sohalarga o‘tib ketish tendensiyasi kuchaymoqda. |
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi» 41-moddasida ta’kidlanganidek, «har kim bilim olish xuquqiga ega» O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanitirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq (demokratik) fuqarolik jamiyati qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
|
Tub islohotlarni amalga oshirish, bozor munosabatlarini shakllantirish eng avvalo xodimlarning iqtisodiy bilimiga bog‘liq.Bozor munosabatlariga o‘rgatadigan iqtisodiy ta’lim tizimlarining xalqaro andozalari va modellari mavjud. Ular 1996 yili YuNESKO tomonidan e’lon qilingan «Jahondagi oliy ta’lim tizimlari ma’lumotnomasi»da o‘z ifodasini topgan.
|
Sotsiologiya – insonning ijtimoiy turmushini o‘rganish, guruh va jamiyatlarni o‘rganishdir. Bu yorqin va butun vujudni qamrab oladigan mashg‘ulot bo‘lib, ijtimoiy mavjudot bo‘lgan odamlarning xulq- atvori- uning predmetidir. Sotsiologiya nisbatan yangi fan bo‘lib, u nafaqat yangi zamonaviy jamiyatni o‘rganadi, balki o‘tgan zamon jamiyati bilan taqqoslash va uni rivojlantirish masalalarini ham o‘rganadi. Sotsiologiya fani inson hatti harakatlarini yaqqol tushunish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. |
Jamiyat fanlarning rivojlanishi va ularning ijtimoiy ahamiyati ortib borishida uchta muhim bosqich farq qiladi: 1.Fanlar jamiyat ishlab chiqarishga oid amaliy-ijtimoiy talabalar va ehtiyojlarga javob berish asosida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Bu bosqichda astranomiya, geometriya, matematika va mehanika kabi fanlar sust rivojlanadi. VII-XII asrlarda arab Sharqi va O‘rta Osiyoda fanlar eng taraqqiy etgan o‘lkalardan biriga aylandi. |
Sotsial birdamlik tushunchasi sotsial munosabatlar tizimida muhim o‘rin tutadi. Chunki birdamlik – bu, ko‘pgina ma’naviy omillarning majmuasidan tashkil topgan sotsiologik kategoriya bo‘lib, u ijtimoiy hayotda faoliyat ko‘satayotgan insonlarning ijtimoiy taraqqiyot masalalarini hal qilishlaridagi hamkorligi ko‘rinishidir. |
Ta’lim sotsiologiyasi - jamiyatning ta’lim tizimi to‘g‘risidagi maxsus sotsiologik nazariya bo‘lib, uni nisbatan mustaqil ijtimoiy institut sifatida jamiyat hayotidagi o‘ziga xos funksional va rivojlanish qonuniyatlari, darajasini, uning boshqa ijtimoiy tashkilotlar va munosabatlar bilan o‘zaro aloqadorligini va shu sohadagi davlat siyosatini o‘rganadi. Ta’lim tizimining jamiyat rivojiga ta’siri beqiyosdir. U har qanday davlatning jamiyat ma’naviy hayotini, ijtimoiy va kasbiy tarkibini boshqarishdagi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. |
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi jahon hamjamiyatini yana bir sinovdan o‘tkazishni boshladi. Shu vaqtgacha taraqqiy qilgan davlatlarda boshlanib keyinchalik boshqa davlatlarga taraqlalib ketadigan iqtisodiy inqirozda asosan ortiqcha tovar ishlab chiqarish natijasida bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, bu galgi moliyaviy- iqtisodiy inqiroz moliya bank tizimida boshlandi. Inqirozning sabachisi bank tizimidagi likvidlik, (to‘lov qobiliyatining tushib ketishi) yani soha mutaxassislarinig ma’lumotiga ko‘ra dunyoda 60-62 mlrd AQSh dollariga teng mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, to‘lov vositalarining miqdori 600 mlrd AQSh dollari miqdoriga yetgan. Ko‘rishimiz mumkinki, bank tizimida juda katta nomutanosiblik paydo bo‘lan. Bu borada Islom Karimov shunday degan, “2008 yilda boshlangan va bugungi kunda ko‘lami tobora kengayib va chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy- iqtisodiy inqiroziga baho berar ekan, ko‘pgina xalqaro ekspert va mutaxassislar bu inqirozning sabablari va yanada avj olishi bilan bog‘liq prognozlarda javoblardan ko‘ra ko‘proq savollarga duch kelishmoqda.” |
Bu begonalashuv turlari o‘zlarining ma’lum bir shakllariga egadirlar. Masalan, iqtisodiy begonalashuv uchta shaklga ega: 1. Faoliyatdan begonalashuv. 2. Faoliyat boshqaruvidan begonalashish. 3. Faoliyat natijalaridan begonalishish. Siyosiy begonalashish siyosiy hokimiyatdan begonalashishdan; madaniy begonalashish muloqatdan, insonlarning bir-biridan; psixologik begoralashuv o‘z-o‘zidan begonalashishdan iborat bo‘ladi. |
Sotsiologiyada jamiyat ijtimoiy tarkibiy tuzilishining ijtimoiy-demografik munosabatlari ham muhim o‘rin tutadi. Bu munosabatlar, asosan, aholining jinsiy tuzilishi, yoshi, oilaviy va genetik jihatlarini o‘z ichiga oladi.Har qanday davlat ijtimoiy siyosatining tarkibiga demografik siyosat ham kiradi. Demografik munosabatlarga mamlakat aholisining barcha qatlamlari mansub. |