Главная » Статьи » Tibbiyot |
В категории материалов: 77 Показано материалов: 21-30 |
Страницы: « 1 2 3 4 5 ... 7 8 » |
Сортировать по: Дате · Названию · Рейтингу · Комментариям · Просмотрам
O‘pka sili, ya’ni tuberkuloz yuqumli kasallik bo‘lib, birinchi galda, o‘pkada o‘ziga xos, spetsifik o‘zgarishlar paydo bo‘lib borishi bilan xarakterlanadi. 1882-yili 24-martda nemis bakteriologi Robert Kox tomonidan tuberkuloz qo‘zg‘atuvchisi kashf etildi. U sil qo‘zg‘atuvchisini bemorlar balg‘amidan, vafot etganlarning tana a’zolaridan topib, uni sil mikobakteriyalari deb atadi. Hozirgacha bu bakteriya birinchi marta topgan kishining nomi bilan Kox batsillasi deb atalib kelinmoqda. |
Etiologiyasi. O‘tkir bronxit, odatda, traxeit va grippdan keyin rivojlanadi. Bundan tashqari, qizamiq, ko‘kyo‘tal, sil, difteriya kasallikni kelib chiqishida asosiy rol o‘ynaydi. Bu kasallikning asosiy sabablaridan biri nafas organlari shilliq pardasiga ko‘paya olish qobiliyatiga ega bo‘lgan mikroblarning tushishidir. Birinchi o‘ringa gripp qo‘zg‘atuvchilarini qo‘yish kerak. Bronxitni boshqa mikroblardan pnevmokokklar va kataral mikrokokklar, kamroq hollarda streptokokklar keltirib chiqaradi. Bronxlar shilliq par- dasining o‘tkir yallig‘lanishiga |
Klinikasi. Quruq plevritning asosiy alomati nafas vaqtida yonboshida og‘riq va quruq yo‘tal paydo bo‘lishidir. Bemor har nafas olganida og‘riq seziladi, shuning uchun ular qisqa, yuzaki nafas olishga o‘tadi va bu hol nafas qisishidagidek tasavvur tug‘diradi. Tana harorati yuqori yoki me’yorda bo‘lishi mumkin. Harorat egri chizig‘i xarakteri ma’lum darajada infeksiya tabiati bilan belgilanadi. |
Silni aniqlash va davolash usullari odamzodga ko‘p yillardan beri ma’lum. 100 yildan ortiq davr ichida sil kasalligini qo‘zg‘a- tuvchi mikobakteriyalarni mikroskop yordamida aniqlash mumkin, silga qarshi samarali dorilardan esa, 50 yilga yaqin vaqt ichida foydalanilyapti. Shunga qaramasdan, har yili 2 millionga yaqin odam sil tufayli dunyodan ko‘z yumadi. Silni aniqlash va davo- lashning samarali usullari borligiga qaramasdan, bemorni, ayniqsa, yuqumli bemorlarni aniqlash va davolash tizimining yetarlicha yaxshi tashkil qilinmaganligi muammosi saqlanib qolmoqda. Bugungi kunda silga qarshi kurashishning DOTS nomi bilan ma’lum bo‘lgan strategiya mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtda samarali va iqtisodiy jihatdan foydali deb tan olinib, |
O‘tkir pnevmoniya bilan har qanday yoshdagi odam kasallanishi mumkin. Kasallik o‘z vaqtida to‘g‘ri davolansa, asorati qolmaydi. Agar kasallik o‘z vaqtida aniqlanmasa, to‘g‘ri davolanma- sa, har xil og‘ir asoratlarini kel- tirib chiqarishi, hatto o‘limga olib kelishi mumkin |
Siydikni qunt bilan gigiyenik tozalashdan so‘ng, istalgan vaqtda yig‘ish mumkin. |
Siydikning solishtirma og‘irligi urometr asbobi bilan aniqlanadi. Qulay bo‘lishi uchun ikkita urometrdan foydalaniladi. Ulardan biri 1000 dan 1025 gacha, ikkinchisi 1026 dan 1050 darajagacha bo‘lingan. |
Najasni tekshirish natijalari materialni yig‘ib olishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Najas defekatsiyadan kechi bilan 8—12 soat keyin tekshirilishi kerak. Material toza, quruq idishga olinadi. Najasni unda gijja tuxumlari, qon sterkobilin bor-yo‘qligini tekshirish uchun material olinganida parafinlangan stakanchalardan foydalanish maqsadiga muvofiq bo‘lsa, ovqatning nechog‘liq hazm bo‘lganligini aniqlash uchun defekatsiyada chiqqan hamma najasni yig‘ib olish kerak bo‘lganida kattagina shisha idish ishlatish lozim. |
Qon ivuvchanligi pasayib qolganda, ko‘p qon ketadi. Shoshilinch yordam ko‘rsatishga chaqiriq bo‘lganida yoki navbatchilik vaqtida ko‘pincha ana shunday hodisaga duch kelib turiladi. Bunday hollarda navbatchi tibbiyot xodimi qon ivish vaqtini aniqlaydi. |
Organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida bo‘lib turadigan gazlar almashinuvi jarayonida ishtirok etuvchi nafas sistemasi havo o‘tkazuvchi a’zolar majmuyi, ya’ni burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, traxeya (kekirdak), bronxlar va o‘pkadan iborat (8-rasm). Burun bo ‘shlig‘i. Burun bo‘shlig‘ida hid bilish organi joylashgan. Burun bo‘shlig‘ining tog‘ay va suyakdan tuzilgan to‘sig‘i uni ikkiga bo‘lib turadi. Burun bo‘shlig‘ining to‘sig‘i va devorlari ichki tomonidan ... |